[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Atle Selberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atle Selberg
Tavalludi 14-iyun 1917-yil
Langesund, Norvegiya
Vafoti 6-avgust 2007-yil(2007-08-06)
(90 yoshda)
Princeton, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi Norvegiya va AQSh
Millati Norvegiya
Sohasi Matematika
Taʼlimi Oslo universiteti
Mashhur ishlari Chowla-Selberg formulasi
Kritik chiziq teoremasi
Maass-Selberg munosabatlari
Selberg sinfi
Selberg taxmini
Selberg integrali
Selberg iz formulasi
Selberg zeta funksiyasi
Selberg elagi
Taʼsir olgan Srinivasa Ramanujan
Mukofotlari Abel mukofoti (faxriy) (2002)
Fields medali (1950)
Wolf mukofoti (1986)
Gunnerus medali (2002)

Atle Selberg (talaffuzi: Atle Selberg) (14-iyun 1917-yil – 6-avgust 2007-yil) – norvegiyalik matematik. 1950-yil Fields medali, 1986-yil esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Selberg analitik son nazariyasi hamda avtomorfik formalar teoriyasi boʻyicha ishlari bilan, xususan, ushbu teoriyalar bilan spektral teoriya oʻrtasidagi munosabat boʻyicha ishlari bilan tanilgan.

Selberg 1943-yil Oslo universitetidan PhD darajasini olgan. Ikkinchi jahon urushi davomida Germaniya Norvegiyani okkupatsiya qilishi ortidan yolgʻiz ishlashga majbur boʻlgan. Urush oʻz yakuniga yetganidan keyin, uning ilmiy ishlari maʼlum boʻlgan. Bular orasida Selbergning Riemann zeta funksiyasi nollarining musbat proporsiyasi chizigʻida yotishini koʻrsatib bergan isbotini aytib oʻtish mumkin.

Urushdan keyin Selberg elak teoriyasi ustida ishlay boshlagan va avval eʼtibor berilmagan ushbu sohaga qiziqishni oshirgan. 1947-yil Selberg elagini taklif qilgan. 1950-yillarda AQShga koʻchib borib, umrining oxirigacha Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan[1][2].

  1. (2007-yil 9-avgust). „Atle Selberg (1917–2007)“ (en). Press-reliz.
  2. Maugh II, Thomas H.. „Atle Selberg, 90; Researcher 'Left a Profound Imprint on the World of Mathematics'“. Los Angeles Times (2007-yil 22-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.