[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Anusha Ansoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anusha Ansoriy
fors. انوشه انصاری — Anušeh Ansâri
ingl. Anousheh Ansari
Tavalludi 12-sentyabr 1966-yil (1966-09-12) (58 yosh)
Fuqaroligi  USA AQSH
Anusha Ansoriy Vikiomborda

Anusha Ansoriy (fors. انوشه انصاری, ingl. Anousheh Ansari; 12-sentyabr, 1966-yil; Mashhad, Eron) — kelib chiqishi eronlik boʻlgan amerikalik olima. «Prodea systems, Inc» kompaniyasi asoschisi va rahbari. Anusha Ansoriy 2006-yilning 18-sentyabr kuni ayollar orasida tarixda birinchi kosmik sayyoh boʻldi.

Anusha Ansoriy 1966-yilning 12-sentyabr kuni Eronning shimoli-sharqiy qismidagi Mashhad shahrida tugʻilgan. Ansoriyning soʻzlariga koʻra, u forsligidan faxrlanadi[1].. Ansoriyning kosmik kosmonavtlar roʻyxatiga kiritilganidan soʻng, qator Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Anusha Ansoriy millati boʻyicha ozarbayjon ekanligini bong urishdi[2][3].. Ushbu xabarlardan tashqari, ushbu nashrlar uning tugʻilgan joyi deb Mashhad shahrini emas, balki Eron poytaxti Tehron shahrini koʻrsatishgan. Ushbu notoʻgʻri xabarlarni keyinroq baʼzi Rossiya axborot vositalari ham tarqatishdi[4][5][6]..

Anusha Ansoriy tugʻilganidan koʻp oʻtmay uning ota-onasi Tehronga koʻchib oʻtishgan va Anushaning bolaligi va yoshligi ushbu shaharda oʻtgan. 1979-yilda Eronda monarxiya agʻdarilib islomiy inqilob yuz berganidan bir-necha yil oʻtgach, 1984-yilda Anusha Ansoriy AQSHga ketadi va oʻsha yerda oʻqib tatqiqotlar oʻtkazishni rejalashtiradi. AQSHda U Jorj Meyson Universitetida informatika va elektronikani tatqiq qiladi va bakalavr ilmiy darajasini oladi. Keyinroq U Jorj Vashington Universitetida magistr ilmiy unvonini oladi.

Oʻqishni tugatganidan soʻng, U MCI, Inc.da ishga kiradi va u yerda Hamid Ansoriy bilan tanishadi. 1991-yilda ular birga turmush qurishadi. 1993-yilda Anusha Ansoriy, uning eri va erining inisi Telecom Technologies, Inc. (TTI) kompaniyasiga asos solishadi. Ushbu kompaniyada Anusha ijroiy direktor lavozimida faoliyat yurita boshlaydi. 2000-yilda ular oʻz kompaniyalarini Sonus Networks, Inc. kompaniyasiga 550 million dollar evaziga sotishadi. Ushbu sotuvdan soʻng TTI kompaniyasi aksiyalari kursi katta miqdorda tushib ketadi va buning oqibatida Sonus Networks tomonidan ushbu oʻzaro kelishuv noqonuniy deb topiladi va Ansoriylar insayderli savdoda ayblanishadi.

Anusha Ansoriy X Prize Foundation fondining kengashi aʼzosi hisoblanadi. Ushbu fondga Ansoriylar oilasi bir necha million dollarli sarmoyalar kiritishgan va Ansari X Prize (oldingi nomi — X Prize) fondining titul homiysi maqomiga ega boʻlishgan. Ushbu fond yutugʻi birinchi xususiy suborbital kosmik kema uchun berilishi aniqlab olingan. 2004-yilning 4-oktyabr kuni, ushbu yutuq SpaceShipOne kosmik kema yaratuvchilari — Tier One proekti tomonidan qoʻlga kiritildi.

2006-yilning fevral oyida Ansoriyning investitsion shirkati — Prodea Systems, Inc., Space Adventures, Ltd. kompaniyasi va Rossiya federal kosmik agentligi bilan hamkorlikni boshlaganini eʼlon qiladi. Ushbu hamkorlikga koʻra, xususiy tomondan ishlatilishi uchun suborbital kosmik kemalar floti yaratilishi kerak boʻlgan.

Anusha Ansoriy yuqorida aytib oʻtilganidek turmushgan chiqgan. Ona tili — fors tilidan tashqari, ingliz va fransuz tillarida bemalol soʻzlasha oladi. Kosmik sayohatga tayyorlanayotganida, U boshlangʻich rus tilini ham oʻrgangan.

Kosmik sayohati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anusha Ansoriy kosmik sayohatga, dunyoda toʻrtinchi kosmik sayyoh boʻlishi kutilayotgan Yaponiyalik ishbilarmon Daysuke Enomotoning dublyori sifatida tayyorlangan edi. 2006-yilning 21-avgust kuni Daysuke Enomotoning kosmik sayohati tibiiy tekshiruv natijalariga koʻra toʻxtatildi. Ertasi kuni uning dublyori — Anusha Ansoriy kosmik ekipajning asosiy tarkibiga kiritildi va uning kosmik sayohati amalga oshishi oydinlashdi.

Oʻsha yilning 18-sentyabr kuni UTC boʻyicha soat 4:09da «Soyuz TMA-9» kosmik kemasi bortdagi ekipaj aʼzolari: rossiyalik Mixail Tyurin, amerikalik Maykl Lopes-Alegriya va Anusha Ansoriy Qozogʻistondagi Boyqoʻngʻir shahridagi kosmodromdan uchishni boshladi. Ushbu uchish amalga oshganida, Anusha Ansoriy dunyoda ilk ayol kosmik-sayohatchisi, ilk ayol-musulmon va ilk eronlik (hozirda AQSH fuqarosi boʻlganiga qaramay) boʻldi.

20-sentyabr kuni UTC boʻyicha soat 5:21da kosmik kema XKSning «Zvezda» moduli ulanmasiga biriktirildi. Anusha Ansoriy kosmosdagi stansiyada oʻtkazgan sakkiz kunni bir nechta amaliyot va tajribalarni amalga oshirdi. Ushbu tajribalar asosan kosmik radiatsiyaning va vaznsizlik holatining ekipaj aʼzolariga va turli mikroorganizmlarga taʼsiri haqida boʻlgan. Ansoriy shuningdek kosmik stansiyada blog yurigan dunyodagi ilk inson boʻldi.

Oʻsha yilning 29-sentyabr kuni UTC boʻyicha soat 1:13da Anusha Ansoriy «Soyuz TMA-8» kosmik kemasi ekipaji bilan yerga qaytdi. Ushbu ekipajga Ansoriydan tashqari rossiyalik Pavel Vinogradov va amerikalik Jeffri Uilyams kirgan edi. Ekipaj kemasining yerga qoʻnishi muvaffaqiyatli amalga oshdi va Qozogʻistonning aniqlangan va belgilangan joyida qoʻndi.

Ansoriyning kosmik stansiyadagi ishi va oʻzini tutishi ekipaj aʼzolarining qolgan ishtirokchilari tomonidan yaxshi baholandi. Uning uchishidan oldin, amerikalik astronavt Maykl Lopes-Alegriya kosmik sayyohlarni kosmosga chiqarish usuli toʻliq ishlanmagan va hali erta deb aytgan edi.

  1. "Anousheh Ansari Proud of Being Iranian Muslim ", 2008-12-10. Fars news agency. Iqtibos: «I have always advertised my Persian roots and I’m proud to do so. I always start my story by telling everyone that I was born in Iran and show the map of Iran with my place of birth, Mashhad.»Manba Tekshirildi 6 mart 2010-yil.
  2. Азербайджанка полетит в космос (Wayback Machine saytida 2008-04-08 sanasida arxivlangan). «Ансари, которая родилась в 1967 году в Тегеране в азербайджанской семье, с детства мечтала стать астронавтом».
  3. Day.Az. Азербайджанка полетела в космос (Wayback Machine saytida 2010-07-31 sanasida arxivlangan). «Наша соотечественница родилась в Тегеране и после исламской революции эмигрировала в США».
  4. На МКС полетит в качестве космического туриста американская миллионерша Ануше Ансари, эмигрантка из Ирана
  5. Космос и Кондопога, 2007-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-04-22
  6. Азербайджанка полетит в космос