[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Andrey Bushkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Bushkov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Andrey Bushkov
Tavalludi Leningrad
Yashash joyi AQSH bayrogʻi AQSh
Oldingi sheriklari Marina Eltsova,
Yuliya Lyashenko
Oldingi murabbiylari Andrey Suraykin
Igor Moskvin
Natalya Pavlova
Lyudmila Velikova
Nikolay Velikov

Andrey Vasilyevich Bushkov (ruscha: Андрей Васильевич Бушков; 1969-yil 13-oktyabr, Leningrad viloyati) — sovet va rus figurali uchuvchisi, Marina Eltsova bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Andrey Bushkov 1996-yilda jahon chempioni, 1993- va 1997-yillarda ikki karra Yevropa chempioni, uch karra Rossiya chempioni boʻlgan. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Hozir AQShda istiqomat qiladi va figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlaydi.

Andrey Bushkovning birinchi sherigi Yuliya Lyashenko boʻlib, u bilan SSSR vakili sifatida 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Keyin Bushkov Marina Yeltsova bilan sport juftligini hosil qilgan. Juftlik 1991-yil dekabr oyida soʻnggi SSSR chempionatida uchinchi oʻrinni egallashgan. Birinchi Rossiya chempionatida (1993-yil) ular Yevgeniya Shishkova va Vadim Naumovga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallaganlar va oʻsha yili Yevropa chempionatida Mandi Wötzel va Ingo Shtyuerni magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdilar.

Juftlik uchun eng muvaffaqiyatli chiqish 1996-yilda Jahon chempionatida boʻlib oʻtdi. Qisqa dastur ijrosida kichik xato tufayli muvozanatni yoʻqotish bilan ular ikkinchi oʻrinni egalladi[1].

Juftlik 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, u yerda 7-oʻrinni egallagan. Qisqa dasturda Andrey xatoga yoʻl qoʻyganligi sabab avstraliyalik hakam juftlikni uchinchi oʻringa tushirdi. Andrey va Marina 1999-yilgi Rossiya chempionatida 4-oʻrinni egallagani sabab terma jamoaga kirmadilar va havaskorlik faoliyatini yakunlab, AQShga joʻnab ketishdi.

Hozirda Andrey Bushkov AQShda figurali uchish boʻyicha murabbiy sifatida ishlaydi. Xususan, u isroillik sport juftligi Haley-Enn Saks — Vadim Akolzinga murabbiylik qilgan[2].

Sportdagi yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

(M. Eltsova bilan)

Musobaqa 1990 — 1991 ㅤ 1991 — 1992 ㅤ 1992 — 1993 ㅤ 1993 — 1994 ㅤ 1994 — 1995 ㅤ 1995 — 1996 ㅤ 1996 — 1997 ㅤ 1997 — 1998 ㅤ 1998 — 1999 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari 7
Jahon chempionatlari 6 3 4 1 2 6
Yevropa chempionati 1 4 4 1 WD
Rossiya chempionati 2 4 1 2 1 1 4
SSSR chempionati 4 3
Gran-pri finali 2 3
Rossiya kubogi 2 1 5
Trophee Lalique 2 1 3
Skate America 1 1 1 1 1
Skate Canada International 3 2
Millatlar kubogi 1 2
NHK kubogi 4 3 2 1
Qishki Universiada 1
  • WD = tanlovdan chiqarilgan

(Y. Lyashenko bilan)

Musobaqa 1987 — 1988
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 3