Amfora
Qiyofa
Amfora (lotincha „amphora“, yun. am-phoreus – soʻzidan: „amphi“ – ikki tomondan, „phero“ – koʻtarib boraman) – antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va ogʻzi tor, ikki dastali, sopol, baʼzan metalldan tayyorlangan idish. Vino, yogʻ saqlash va tashishda, baʼzan ziyofatlarda bezatilgan Amfora turlaridan foydalanilgan. Boʻyama naqshlar, tasvirlar bilan bezatilgan, qadimgi va klassisizm davriga oid amforalar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar Oʻrta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, miloddan avvalgi III-II asrga mansub) amforasimon idishlar tayyorlanganligini koʻrsatadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Amfora haqida turkum mavjud |
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |