Amerika laylagi
Amerika laylagi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Laylakdoshlar |
Oila: | Laylaklar |
Turlari: | Amerika laylagi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ciconia maguari (Gmelin, 1789) | |
Amerika laylagi[1] (lotincha: Ciconia maguari ) — laylaklar oilasiga mansub Janubiy Amerika qushi. Laylaklarning yirik turi boʻlib, Janubiy Amerikaning koʻp qismida mavsumiy botqoqliklarda yashaydi. Tashqi koʻrinishida oq laylakka juda oʻxshaydi lekin biroz kattaroq[2].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika laylagining uzunligi 90 sm, qanotlari uzunligi 120 sm va vazni 3,5 kg ga yetadi. Asosan oq rangda boʻlib, dum patlari qora rangda. U xuddi shunaqa koʻrinishdagi oq laylakdan qora vilka shaklidagi dumi, koʻk-kulrang tumshugʻi (katta qushlarda), koʻz atrofidagi terining qizgʻish-toʻq sariq dogʻi va oq irisi bilan ajralib turadi. Ushbu qushlar tutqinlikda (qoʻriqxona yoki hayvonot bogʻida) 20 yildan ortiq yashaydi.
Tarqalish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika laylagi Janubiy Amerikada, And togʻlarining sharqida, Venesueladan Argentinagacha boʻlgan nam joylarda va qishloq xoʻjaligi yerlarida yashaydi.
Oziqlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika laylagi baliq, qurbaqa, kerevit, mayda kemiruvchilar, ilonlar, suv hasharotlari va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
Koʻpayish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkak qush 3 yoshda, urgʻochi qush esa 4 yoshda jinsiy yetuklikka erishadi. Qushlar 60 sm masofada 5 tadan 15 tagacha boʻlgan koloniyalarda uyalar quradilar. Uya 1 m dan 6 m gacha balandlikdagi butalar, kichik daraxtlar ustida yoki zich oʻsimliklar ustida joylashadi. Uyalar doimo suv bilan oʻralgan. 2 tadan 3 tagacha tuxum qoʻyishadi. Joʻjalarning tuxumdan chiqishi 29 dan 32 kungacha davom etadi. Joʻjalar oq rangda tugʻiladi, keyin ularning patlari qorayadi va 3 oydan keyin ular ota-onalariga oʻxshash boʻladi.
Fotosurat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ King CE. 1988. An ethological comparison of three storks: Ciconia boyciana, C. ciconia, and C. maguari. MS Thesis, Oklahoma State University, Stillwater, Oklahoma.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hancock & Kushan, Storks, Ibises and Spoonbills of the World. Princeton University Press (1992). ISBN 978-0-12-322730-0