[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ambivalentlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ambivalentlik (lotincha ambo — ikkala va valentia — kuch) — kishida bir vaqtning oʻzida qarama-qarshi hissiyotning yuzaga kelishi. Masalan, baʼzan kishida ayni bir narsaga yoki kishiga nisbatan ham mehr, ham nafrat ifodalanadi. Bunday hissiyotlarning yuzaga kelishi kishiga taʼsir qiladigan hodisa va narsalarning turli-tuman tarzda sodir boʻlishi va boshqa sabablar bilan bogʻliqdir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil