[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Amadu Jorji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amadu Jorji (1972)

AMADU (Amado) Jorji (1912.10.8) — Braziliya yozuvchisi. „Karnaval mamla-kati“ (1931) nomli ilk romanida shahar ziyolilari va mulkdorlari hayotidagi salbiy hodisalarni hajv qilsa, „Ka-kao“ (1931), „Ter“ (1933) romanlarida batraklar va ishchilar hayoti hikoya qilinadi. „Jubiaba“ (1935) romanida irqchilikka qarshi chiqadi. A. Braziliya xalqining erk va adolat uchun kurashini yorituvchi „Luis Karlos Prestes hayoti“ asarini yaratdi (1942), „Cheksiz dalalar“ (1943), „Oltin mevalar dalasi“ (1944) romanlari Braziliya dehqrnlari hayotiga bagʻishlangan. „Qizil kurtaklar“ (1946) romanida realizm kuchli. „Keksa den-gizchilar“ (1961) nomli ikki kissasida Braziliya xalqining oʻziga xos xususiyati koʻrsatilgan. A. Lotin Amerikasi ada-biyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan, yirik gumanist yozuvchi sifatida nom qozongan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil