Alouddin Xalji
Alouddin Xalji, Alouddin Muhammadshoh I — Dehli sultonligi hukmdori (1296- 1316). Ama-kisi Jaloliddin Xaljini xiyonatkorona oʻldirib taxtni egallagan. Saltanatni mustahkamlab, hududini kengaytirgan. Yagona maʼmuriy tizimni joriy qilgan, soliqlarni tartibga solgan. Musulmon ruhoniylarining davlat ishlariga aralashuviga chek qoʻygan. Iqtodorlar va musulmonlarmuassasalari (inomlar va vaqflar) davlat xazinasi foydasiga musodara qilingan, yerlardan olinadigan soliq miqdori ancha oshirilgan. Allouddin Xalji davrida dehqonlardan olinadigan natural soliqlar miqdori hosilning yarmigacha oshirilgan. Allouddin Xalji ul-kan qoʻshin tuzgan, moʻgʻullar salta-natning shimoli-gʻarbiy chegaralariga qilgan bosqinlarini bir necha marta (1303-08) qaytargan. Oʻz navbatida Jan.
Hindistonda zafarli urushlar olib borgan (1306-13 yillardagi Dekan yurishlari). Allouddin Xalji Ashoka davridan soʻng birinchi boʻlib butun Hindiston hududini oʻz ichiga olgan yagona davlat tuzishga erishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |