[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Alimkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alimkent -Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1967-yildan). Tumanning sharqiy qismida joylashgan, Tuman markazidan 12 km uzoqlikda. Yaqin temir yoʻl bekati Kuchlikdan 9 km. Toshkent shahridan 42 km gʻarbda joylashgan. Aholisi 28,000 kishidan koʻp (2021). Alimkentda Paxta tozalash zavodi, maktablar, maktabgacha taʼlim maskanlari, Masjid, qishloq oilaviy poliklinikasi, Dehqon bozori va savdo doʻkonlari bor. Aholi tarkibini Oʻzbeklar, Qozoqlar, Ruslar, Tatarlar va boshqa millatlar tashkil qiladi. Alimkent 3 ta asosiy mahallaga boʻlinadi: „Yoshlik“, „Zarafshon“ va „Qoʻrgʻontepa“.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil