Alberto Gilardino
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alberto Gilardino[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-iyul 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Biella, Italiya | ||
Boʻyi | 1.84 m[2] | ||
Ampluasi | futbolchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Genoa (yoshlar murabbiyi) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cossatese | |||
1996—1997 | Biellese | ||
1997—1999 | Piacenza | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2000 | Piacenza | 17 | (3) |
2000—2002 | Hellas Verona | 39 | (5) |
2002—2005 | Parma | 96 | (50) |
2005—2008 | AC Milan | 94 | (36) |
2008—2012 | Fiorentina | 118 | (48) |
2012—2014 | Genoa | 50 | (19) |
2012—2013 | → Bologna (ijara) | 36 | (13) |
2014—2015 | Guangzhou Evergrande | 14 | (5) |
2015 | → Fiorentina (ijara) | 14 | (4) |
2015—2016 | Palermo | 33 | (10) |
Milliy terma jamoa | |||
1998 |
Italiyaning 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 10 | (1) |
1998 |
Italiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 2 | (0) |
1999—2000 |
Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 3 | (0) |
2000—2004 |
Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 24 | (15) |
2004 |
[[Italiya milliy futbol terma jamoasi]] | 6 | (4) |
2004—2013 | Italiya milliy futbol terma jamoasi | 57 | (19) |
Boshqargan klublari | |||
2019 | Rezzato | ||
2019—2020 | Pro Vercelli | ||
2020—2021 | Siena | ||
2021 | Siena | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Alberto Gilardino (talaffuzi: Alberto Gilardino) (1982-yil 5-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va futbolchi. Alberto Gilardino faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan.
Hozirgi kunda Alberto Gilardino „Genoa Primavera“ (U-19 termasi) rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sermahsul toʻpurar Alberto Gilardino oʻzining dastlabki faoliyati davomida oʻzining opportunizmi, pozitsiyalarni toʻgʻri tanlay olishi va gol urishga intilishi tufayli Filippo Inzaghi bilan taqqoslangan[3]. Alberto Gilardino ayni damda A Seriyada 100 ta gol urgan eng yosh oʻyinchilar roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallagan. Bunday rekord koʻrsatkichga Alberto Gilardino 26 yoshu 105 kunligida erishgan[4][5][6][7][8][9]. Alberto Gilardino A Seriyada 188 ta gol urgan holatda hozirgi kunda A Seriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar oʻntaligiga kiritilgan[10].
Alberto Gilardino butun faoliyati davomida Italiyaning bir qancha klublarida oʻynagan. Alberto Gilardino birinchi marta „Parma“ klubidagi faoliyati davomida oʻzining doimiy gollari bilan mashhur boʻldi. Bu esa Alberto Gilardinoga 2004-yilda A Seriyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, soʻngra A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi va Italiya A seriyasida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Alberto Gilardino 2005-yilda „Milan“ klubiga oʻtdi. „Milan“ bilan Alberto Gilardino 2006—2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi, 2007-yilgi UEFA Superkubogi va 2007-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek, Alberto Gilardino Xitoyning „Guangzhou Evergrande“ klubida ham oʻynagan va u bilan 2014-yilda Xitoy Superligasida gʻolib chiqqan.
Alberto Gilardino turli yosh doiralaridagi Italiya term jamoalari safida faoliyat olib borgan. Gilardino 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib chiqqan Italiya terma jamoasining bir qismi boʻlgan va u yerda Alberto Gilardino turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino shuningdek, turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va UEFA turnir jamoasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan. Oʻsha yili Alberto Gilardino 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Italiya terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Alberto Gilardino 30 ta oʻyinda 19 gol urib Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Italiya milliy futbol terma jamoasining aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Alberto Gilardino Italiya milliy futbol terma jamoasi bilan 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi, 2010-yilgi Jahon kubogi va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida qatnashgan va u yerda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Alberto Gilardino faoliyati davomida 432 ta gol urgan[11].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil aprel oyida haydovchilik guvohnomasini olganidan koʻp oʻtmay, Alberto Gilardino ikki opa-singil Silvia va Cosetta Puppinatolarni Trevisodagi uyiga oʻzining Volkswagen Golf mashinasida olib ketayotganida mashina bilan kanalga tushib ketgan[12]. Mashina choʻkib ketgan va umurtqa pogʻonasidagi jarohatlarga qaramay, Alberto Gilardino eshikni ochib, opa-singillarni xavfsiz joyga tortib olishga muvaffaq boʻlgan[12].
Alberto Gilardino 2006-yil 31-martda Alice Bregoli bilan unashtirildi[13]. 2008-yil 2-martda ularning birinchi farzandi Ginevra ismli qizchasi dunyoga kelgan. Er-xotin 2009-yil 5-iyulda Genoa provinsiyasidagi Santa Margherita Ligure shahridagi La Cervara Abbeyda turmush qurishgan[14]. Ularning Gemma ismli (2011-yil 19-martda tugʻilgan) va Guilia ismli (2012-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) qizchalari bor[15][16].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubuk | Mintaqa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Piacenza | 1999—2000 | A Seriya | 17 | 3 | 0 | 0 | - | - | 17 | 3 | ||
2000—2001 | A Seriya | 0 | 0 | 3 | 2 | - | - | 3 | 2 | |||
Umumiy | 17 | 3 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 5 | ||
Verona | 2000—2001 | A Seriya | 22 | 3 | - | - | 2 | 0 | 24 | 3 | ||
2001—2002 | A Seriya | 17 | 2 | 2 | 1 | - | - | 19 | 3 | |||
Umumiy | 39 | 5 | 2 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 43 | 6 | ||
Parma | 2002—2003 | A Seriya | 24 | 4 | 2 | 1 | 2 | 0 | - | 28 | 5 | |
2003—2004 | A Seriya | 34 | 23 | 2 | 0 | 4 | 3 | - | 40 | 26 | ||
2004—2005 | A Seriya | 38 | 23 | 1 | 0 | 8 | 1 | 1 | 1 | 48 | 25 | |
Umumiy | 96 | 50 | 5 | 1 | 14 | 4 | 1 | 1 | 116 | 56 | ||
AC Milan | 2005—2006 | A Seriya | 34 | 17 | 3 | 2 | 10 | 0 | - | 47 | 19 | |
2006—2007 | A Seriya | 30 | 12 | 4 | 2 | 11 | 2 | - | 45 | 16 | ||
2007—2008 | A Seriya | 30 | 7 | 1 | 0 | 7 | 2 | 2 | 0 | 40 | 9 | |
Umumiy | 94 | 36 | 8 | 4 | 28 | 4 | 2 | 0 | 132 | 44 | ||
Fiorentina | 2008—2009 | A Seriya | 35 | 19 | 1 | 0 | 10 | 6 | - | 46 | 25 | |
2009—2010 | A Seriya | 36 | 15 | 3 | 0 | 9 | 4 | - | 48 | 19 | ||
2010—2011 | A Seriya | 35 | 12 | 1 | 0 | - | - | 36 | 12 | |||
2011—2012 | A Seriya | 12 | 2 | 1 | 1 | - | - | 13 | 3 | |||
Umumiy | 118 | 48 | 6 | 1 | 19 | 10 | 0 | 0 | 143 | 59 | ||
Genoa | 2011—2012 | A Seriya | 14 | 4 | - | - | - | 14 | 4 | |||
2012—2013 | A Seriya | 0 | 0 | 1 | 1 | - | - | 1 | 1 | |||
2013—2014 | A Seriya | 36 | 15 | 1 | 1 | - | - | 37 | 16 | |||
Umumiy | 50 | 19 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 52 | 21 | ||
Bologna (ijara) | 2012—2013 | A Seriya | 36 | 13 | 1 | 0 | - | - | 37 | 13 | ||
Guangzhou Evergrande | 2014 | Xitoy Superligasi | 14 | 5 | 1 | 1 | 2 | 0 | - | 17 | 6 | |
Fiorentina (ijara) | 2014—2015 | A Seriya | 14 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 14 | 4 | |
Palermo | 2015—2016 | A Seriya | 33 | 10 | 1 | 1 | - | - | 34 | 11 | ||
Empoli | 2016—2017 | A Seriya | 14 | 0 | 2 | 1 | - | - | 16 | 1 | ||
Pescara | 2016—2017 | A Seriya | 3 | 0 | - | - | - | 3 | 0 | |||
Spezia | 2017—2018 | B Seriya | 16 | 6 | 0 | 0 | - | - | 16 | 6 | ||
Umumiy | 544 | 199 | 31 | 14 | 63 | 18 | 5 | 1 | 643 | 232 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Italiya milliy futbol terma jamoasi | 2004-yil | 4 | 1 |
2005-yil | 8 | 4 | |
2006-yil | 11 | 4 | |
2007-yil | 2 | 0 | |
2008-yil | 5 | 1 | |
2009-yil | 9 | 6 | |
2010-yil | 6 | 1 | |
2011-yil | 2 | 0 | |
2012-yil | 0 | 0 | |
2013-yil | 10 | 2 | |
Jami | 57 | 19 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: Italy“. FIFA (4-iyun 2010-yil). 18-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Alberto Gilardino“ (italyancha). Empoli F.C.. 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Il Verona mette i brividi alla Roma“ (italyancha). Corriere della Sera (27-avgust 2001-yil). Qaraldi: 9-aprel 2010-yil.
- ↑ „Icardi 100: Inter captain's Serie A landmark in Opta numbers“. FourFourTwo (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
- ↑ „Inter Milan Fans Laud Mauro Icardi After Striker Becomes Sixth-Youngest to Net 100 Serie A Goals“. Sports Illustrated (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
- ↑ „Icardi hits Serie A Century“. Football Italia (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
- ↑ Andrew Dampf. „Icardi passes 2 century marks with 4-goal performance“. The Washington Post (18-mart 2018-yil). 1-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
- ↑ Redazione La Nazione. „Solo Altafini come Gilardino: bomber a 26 anni“. Goal.com. 2-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.
- ↑ Giansandro Mosti. „Gila, numeri da urlo. Più decisivo di Altafini: alla sua età Bati era indietro“. La Nazione. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Gilardino, sulla via di Pablito Rossi (Wayback Machine saytida 25-iyul 2018-yil sanasida arxivlangan) ilsecoloxix.it
- ↑ „Gilardino“.
- ↑ 12,0 12,1 Parks 2003, 370
- ↑ „alice.it“. Sports.alice.it. 2007-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Fiorentina Striker Alberto Gilardino Marries Long-Time Girlfriend“. Goal.com (5-iyul 2009-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Totti, la carica dei 201. Ma con la Fiorentina è pari“ (italyancha). sport.sky.it (20-mart 2011-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „'Tripletta' di Gilardino: ecco Giulia, "Felicissimi che sia nata a Bologna"“ (italyancha). Il Resto del Carlino (4-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Alberto Gilardino – Goals in International matches“. Rsssf.com. Qaraldi: 9-sentabr 2013-yil.
- 5-iyulda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar
- Serie A futbolchilari
- Italiya futbolchilari
- Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari
- Yashayotgan insonlar