[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Al-Baha viloyati

Koordinatalari: 20°0′0″N 42°0′0″E / 20.00000°N 42.00000°E / 20.00000; 42.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Baha viloyati
ٱلْبَاحَة

Al-Bahadagi balland togʻlar
Al-Bahadagi balland togʻlar

Mintaqa
Tarkibida  Saudiya Arabistoni
Maʼmuriy markazi Al-Baha
Amin Hussam bin Saud Al Saud
Rasmiy tili arab
Aholi 476 172 kishi
Dinlar tarkibi islom
Maydoni 9921 km²
Rasmiy sayti albaha.gov.sa
Xaritada
Al-Baha viloyati xaritada
20°0′0″N 42°0′0″E / 20.00000°N 42.00000°E / 20.00000; 42.00000

Al-Baha viloyati (arabcha: ٱلْبَاحَة al-Bāḥah) – Saudiya Arabistonidagi viloyati. Hijoz mintaqasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni – 9,921 km2. Aholisi – 476 172 kishi (2017)[1]. Markazi – Al-Baha[2]. Mintaqada Al-Baha, Al-Mixva va Baljurashi kabi shaharlar joylashgan. Baljurashida Sūq as-Sabt (arabcha: سُوْق ٱلسَّبْت ٱ) nomi bilan mashhur anʼanaviy bozor mavjud, bu oʻzbekchaga „Shanba bozori“ oʻlaroq tarjima qilinadi. Baljurashi bozori juda qadimiy boʻlib, aniq yoshi nomaʼlum. Bozor bomdod namozidan keyin yoki mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5 atrofida ochiladi. Bozor tushga yaqin yopiladi. Hududning turli burchaklaridan odamlar qoʻlda tayyorlangan buyumlarni sotib olish va sotish uchun kelishadi. Al-Baha viloyati ikki azd qabilalari: Gʻomid va Zahronning vatanidir[3].

Al-Baha: suv[4], hovli uy, baland va serhosil palma daraxti kabi koʻp maʼnoga ega soʻz. Ertaklarda al-Zafir qal’asidagi nihoyatda chuqur tubsiz quduqqa ishora qiladi. „Ochiq joy“, „suv“ va „serhosil palma daraxti“ va „yoʻlning oʻrta chizigʻi“ degan maʼnoni anglatadi.

  • Saud bin Abdulrahmon bin Turki Al-Sudairi (1962-1977)
  • Ibrohim bin Abdulaziz Al-Ibrohim (1977-1987)
  • Muhammad bin Saud Al-Saud (1987-2010)
  • Mishari bin Saud bin Abdulaziz Al-Saud (2010-yil 28-avgust – 2017-yil 22-aprel)
  • Hussam bin Saud bin Abdulaziz Al-Saud (2017-yil 22-aprel – hozir)
Atherb togʻi

Al-Baha – viloyatning nomi, shuningdek, Gʻomid hududining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan asosiy shahri. Viloyat togʻlar, adirlar, tekisliklar, vodiylar va choʻllardan tashkil topgan. Bu hudud Hijozda, 41/42 E uzunliklari va 19/20 N kengliklari oʻrtasida joylashgan. Mintaqa maydoni 36 000 km² ga yaqin.

Yirik shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Al Baha
  • Baljurashi
  • Al-Mandaq
  • Al-Mixva
  • Al-Aqiyq

Topografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sarat togʻlari yonidagi bulutlar

Mintaqa ulkan qoyali qirlar bilan ikkita asosiy sektorga boʻlingan. Gʻarbda qirgʻoq boʻyidagi Tihoma tekisligi, sharqda 1,500 m dan 2,450 m balandlikgacha balandlikdagi As-Saravot yoki Sarat togʻ tizmasi joylashgan.

Geneolog Al-Baha aholisining aksariyati baʼzi tarixiy tabiiy hodisalardan soʻng Arabiston yarim orolidagi Hijoz janubidan koʻchib kelgan Azad Shenua qabilasidan ekanligini tasdiqlagan.

Al-Azad – arab qabilasi boʻlib, toʻrtta urug'dan kelib chiqqan 24 qabilaga boʻlingan: Azad Shenua, Azad Al-Sarat, Azad Gʻasson va Azad Aman. Al-Azad (yoki al-Assad) Dardaʼe bin al-Gʻot bin Nabt bin Molik bin Nasr al-Azadga berilgan unvon bo'lgan. Viloyat aholisi hozir 500 mingga yaqin. Koʻpchilik yaxshi yashash va taʼlim olish uchun yirik shaharlarga koʻchib oʻtgan.

Topografiyaning oʻzgarishi mintaqaning iqlimiga taʼsir qiladi. Al-Sarat hududi bulutlar va tumanlarning paydo boʻlishiga zamin yaratdi va bu eas koʻpincha qishda Qizil dengizdan kelayotgan havo massalari tufayli sodir boʻladi. Bahor va yozda iqlim yumshoq va yoqimli. Tihoma hududidagi iqlim Al-Saratdagidan farq qiladi. Tihoma toʻlqinli qirgʻoq tekisligi boʻlib, yozda issiq, bahorda iliq va qishda yumshoq. Umuman iqlim qurgʻoqchil zonaga toʻgʻri keladi. Nisbiy namlik 52 % dan 67 % gacha, maksimal harorat 23 °C (73 °F) va minimal harorat 12 °C (54 °F) ga teng.

Ijtimoiy tuzilma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqa aholisining ijtimoiy hayoti yaxshi shakllangan arab urf-odatlari va anʼanalaridan tashqari sunniy islomga asoslanadi. Har bir qabila boʻlimi yoki boʻlinmasining oʻz shayxi (sardori) bor.