[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Abdumalik Abdullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov
Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов
 Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1992-yil 20-noyabrdan – 1993-yil 18-dekabrgacha
(21-sentyabr 1992-yildan v.b.)
Oʻtmishdoshi Akbar Mirzoyev
Jamshed Karimov(v.b.)
Vorisi Abdujalil Samadov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1949-yil (1949-01-01) (75 yosh)
Xoʻjand

Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov (tojikcha: Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов, 1-yanvar 1949-yil) – Tojikiston bosh vaziri (21-sentyabr 1992 – 18-dekabr 1993)[1][2].

1949-yil 1-yanvarda Xoʻjandda tugʻilgan. Uning bobosi – Abdurahmon ibn Muhammad Sulton al Maʼsumiy – Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning maslahatchisi edi.

1971-yilda Odessa texnologiya institutini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1971-yilda – Qayroqqum un fabrikasi direktori oʻrinbosari, direktori.

1980-yilda Tojikiston SSR non mahsulotlari vaziri oʻrinbosari, 1986-yilda vazirining birinchi oʻrinbosari, 1987-yilda – vaziri.

1992-yil 21-sentyabrda Tojikiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

1992-yil 20-noyabrda Tojikiston bosh vaziri etib tayinlandi.

1993-yilda Emomali Rahmon bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfo berdi.

19931994-yillarda Tojikistonning Rossiyadagi elchisi.

1994—1996-yillarda oʻzi tashkil etgan muxolif siyosiy blok rahbari.

1998-yilda Prezident Rahmonga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon tashkilotchisi hisoblanadi.

2013-yilda Ukrainaning Borispol xalqaro aeroportida qoʻlga olingan. Shu yil aprelda ozod qilingan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi.

  1. V aeroportu Kieva zaderjan bivshiy premyer Tadjikistana
  2. Хатлонские студенты просят экстрадицию М. Кабири и Д. Атовулоева, 2017-09-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-06