[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Taqir tuproqlar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5) using AWB
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
 
Qator 6: Qator 6:




{{stub}}
{{chala}}

4-sentyabr 2022, 19:25 dagi (joriy) koʻrinishi

Taqir tuproqlar - choʻl zonasi daryolarining qadimgi deltalari va vodiylari, allyuvial terrasalar, shuningdek, prolyuvial yotqiziqli qiyaliklar tuprogʻi; tuproqning mayda yoriklar bilan qoplangan, 1,52 sm qalinlikdagi pushti yoki och kulrang qavati. Oʻzbekistonda Amudaryo bilan Qashqadaryo deltalari, Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Taqir tuproqlar Oʻzbekiston tuproqshunoslari (Gorbunov B.V., Kimberg N.V.) tomonidan 4tatipchaga ajratilgan (1962): taqir— oʻtloqi tuproqdar, taqirsimon tuproklar, taqirlar, taqirsimon qoldiqbotqoq tuproklar. Yuzasining poligonal yoriqli qobiq (qatqaloq) bilan qoplanganligi Taqir tuproqlarning xarakterli belgisidir. Sugʻoriladigan Taqir tuproqlardagi mavjud agroirrigatsion qavat sugʻorib dehqonchilik qilish davriga, yerga solingan mahalliy oʻgʻit va chiqindilarga, shuningdek, oqar suvning loyqalik darajasiga qarab, 30—40 sm, 1 yoki 2 m qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqokligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Qarshi choʻlidagi Taqir tuproqlar haydalma (0—30 sm) qavatning har gektarida 22—40 t chirindi, 2—3 t azot, 4—7 t fosfor bor. Taqir tuproqlar har xil darajada shoʻrlangan.