[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
21-may 2024, 21:05 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Oda (yun. aoide — qoʻshiq) — sheʼriy va musiqiy janr. Yunonistonda paydo boʻlib, tantanavor, koʻtarinki ruxda yaratilgan nasihatomuz xor qoʻshigʻiga nisbatan aytilgan (Pindar va boshqalar). 17-asrdan Yevropa musikasida biror kishi shaʼniga yoki muhim voqea munosabati bilan yaratilgan vokal-cholgʻu musiqa asari. Kantatata yaqin (G. Pyorsell, G. F. Gendel, I. S. Bax, L. Betxoven va boshqalar) hamda cholgʻu joʻrligidagi qoʻshiq (G. F. Teleman, K. F. E. Bax, K. F. Glyuk va boshqalar) turlari mavjud. Hozirda turli shakldagi tantanavor, gimnga yaqin musiqa asari (I. Stravinskiy, S. Prokofyev, A. Shyonberg, M. Burhonov va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil