Kaddish
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Kaddish (muqaddas) – yahudiylikda Xudoning ismi va qudratining ulugʻligini madh qilish ibodati. Kaddish oromiy tilda tuzilgan boʻlib, yakunlovchi ibora ivrit tilidadir. Kaddish atamasi ilk bor Mishnada uchraydi. Dastlab Kaddish Tavrotni oʻqib boʻlgach yoki daʼvatdan soʻng oʻqilgan. Mishna davriga kelib esa, u sinagogadagi ibodatlarning muhim qismiga aylangan. Uni minyan hozir boʻlgandagina Quddusga yuzlangan holda oʻqiladi. yahudiylikda motam marosimi, yaʼni vafot etgan shaxs haqiga qilinadigan ibodat. Mazkur ibodatni vaziyat, holatga koʻra bir necha turlari mavjud. Ushbu ibodat duolari va uni bajarish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarning aksariyati oromiy tilida yozilgan. Kaddishning toʻrtta turi mavjud boʻlib, ular: yarim kaddish (xasi kaddish) deb atalib, oʻzida Tavrotni oʻqish, liturgiyaning ayrim boʻlimlarining kirish yoki xotima vazifasini bajarib, ibodatni boshqarib borayotgan kishi tomonidan oʻqiladi; xotirlash marosimi (kaddish yatom) – yaqin qarindosh vafot etganda 11 oy davomida hamda yorsayt (yil marosimim)da oʻqiladi. Ushbu kaddish dastlab kantortomonidan 7 kunlik azada oʻqilgan. Xotirlash kaddishini yaqin qarindoshlar tomonidan oʻqilishi amaliyoti, mutaxassislarning fikriga koʻra, XIII asrda Germaniyada paydo boʻlganini koʻrish mumkin. Ota yoki onasi vafot etgan oʻgʻil farzand 11 oy davomida sinagogada kunlik ibodat vaqtida, soʻng yil marosimida xotirlash kaddishini oʻqishi lozim. Qiz farzandlar uchun kaddishni oʻqishlik majbur hisoblanmaydi. Agar vaft etgan kishining oʻgli boʻlmasa, jamoadan biror kishidan Kadishni oʻqishlik iltimos qilinadi; toʻliq yoki jamoaviy kaddish (kaddish shalem) ibodatni boshqarib borayotgan kishi tomonidan Amidani ovoz chiqarib takrorlashdan yoki baʼzi qoʻshimcha duolar qilgandan soʻng oʻqiladi; donishmandlar xotirjamligi uchun kaddish (kaddish de-rabbanan) boʻlib, Shaxaritda ikki marotaba xotirlash kaddishini oʻqiganlar tomonidan galaxik va akkadik qismdan soʻng oʻqiladi[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 240.