[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Igor Kufayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 4-dekabr, 16:03 dagi Doniyor Yóldoshev (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Igor Kufayev

Igor Kufayev (2017-yil)
Tavalludi 1966-yil 5-yanvar
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi rassom, ruhiy oʻqituvchi
Veb-sayti igorkufayev.org

Igor Anvar Kufayev (ruscha: Ígor Anvár Kúfaev) – 90-yillar ruhiy yetakchisi, ijodkor va britaniyalik rassom.

Igor Kufayev 1966-yil 5-yanvarda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Mumtoz sanʼat boʻyicha taʼlim olib, ustozi Shomil Rahimovning shaxsiy ustaxonasida tahsil olgan. Shomil Rahimov yakkakurash ustasi va rassom edi. Kufayev Toshkentdagi rassomlik texnikumida, soʻngra Teatr va rassomlik institutining devoriy rassomlik boʻlimida oʻqigan. 1988-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Badiiy akademiyada (hozirgi Imperator Badiiy akademiyasi) oʻqigan. Boʻsh vaqtlarida Ermitaj muzeyida bevosita Gʻarb sanʼati durdonalarini oʻrganadi va chizish bilan shugʻullanadi.

Igor Kufayev, Tiz choʻkkan figura, 1993-yil, tuvalga moyli, 127x127 sm, London, Ser Elton Jonning kolleksiyasi

Igor Kufayev 1990-yili Polshaning Varshava shahriga koʻchib oʻtgan. Sanʼatshunos Anjey Matiniya bilan boʻlgan uchrashuvi Kufayevning Varshavadagi Monetti galereyasida „Abadiy murosa“ nomli birinchi shaxsiy koʻrgazmasiga sababchi boʻladi. Varshavadagi Milliy etnografiya muzeyida oʻzining „Murosaga kelish“ triptixi bilan „Muqaddas tasvirlar yigʻilishi“da ishtirok etish uchun taklif qilingan edi. 

1991-yil avgust oyida Londonga koʻchib oʻtgan. Oʻsha yili uning birinchi turmushidan olti yoshli qizi yoʻl-transport hodisasida vafot etgan[1]. Uzoq vaqt davomida rasm chizishga qodir boʻlmay chuqur qaygʻuga botadi. Lekin, 1994-yilda qizining xotirasiga bagʻishlangan „Burnt Earth“ nomli bir kishilik koʻrgazma bilan tanazzuldan chiqadi. Robin Dutt The Independent nashrida buni ijobiy baholagan[2].

Ruhiy oʻqituvchi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Igor Kufayev, Gut Saunstorfda dam olish uchun boshchilik qilmoqda, Germaniya, 2017-yil avgust

Kufayev 2002-yilda dars berishni boshlab, 2008-yil fevral oyida toʻliq kunlik ish vaqtiga oʻtgan. 2012-yildan beri butun dunyo boʻylab onlayn vebinarlar, shaxsiy yigʻilishlar va dam olishlarni taklif qilgan[3].

Ijodiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Camatkāra: the Hidden Path, Qogʻozli eksklyuziv nashr, 2023-yil iyun, SONG Publishing, ISBN 978-9464752717
  • Camatkāra: the Hidden Path, Qattiq muqovali mato, Cheklangan nashr, 2023-yil yanvar, SONG Publishing, ISBN 9789464752700


  1. „Interview by Philip Goldberg and Dennis Raimondi“. Spirit Matters (2019-yil 20-iyun).
  2. Dutt, Robin. „Burnt offerings“ (1994-yil 1-iyul).
  3. Osto, Douglas. An Indian Tantric Tradition and Its Modern Global Revival: Contemporary Nondual Śaivism. Routledge, 2020. ISBN 978-1-000-04929-9. 

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]