[go: up one dir, main page]

Bushizm AQSh Prezidenti George W. Bush va uning otasi George H. W. Bush nutqlaridagi mantiqiy va grammatik xatolar, kulguli vaziyatlar, ulardan kelib chiqqan neologizmlardir.[2] Bushizmlar orqali bu ikki prezident obrazi hajv ostiga olinadi.

"Lekin Iroqda qotillik qilishni istovchilar bor va ular oʻta ketgan kallakesardirlar. Va biz iroqliklar bilan birgalikda ularning kelajagini saqlab qolish uchun ishlaymiz."[1]

Misollar

tahrir
  • Yo! Blair! (2006 yilgi Sankt-Peterburg sammitida)
  • NASA hamon koinot bilan qiziqmoqda.
  • Nima farqi bor? (Iroqda ommaviy qirgʻin qurollari topilmagani xususidagi savolga javoban, 16 dekabr, 2003 yil)
  • Sizda ham zanjilar bormi? (Braziliya prezidenti bilan suhbatda, 28 aprel, 2002)
  • Polshani unutdingiz! (John Kerry'ning Iroqqa kirish uchun Bush vaʼda qilgan "Buyuk Koalitsiya"sida Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQSh'dan boshqa hech kim yoʻqligini eslatganiga javoban, 2004 yil)
  • Xudo men orqali gapirmoqda. (16 iyul, 2004)
  • Oʻqishni bilmasangiz, gazeta oʻqiy olmaysiz. (6 avgust, 2004)
  • AQSh'ning Iroqqa hujum qilishi haqidagi fikr kulgulidir. (2005 yilning fevrali, Iroqqa AQSh qoʻshinlari kirganidan ikki yil oʻtib)
  • Ozod xalqlar - tinch xalqlardir. Ozod xalqlar bir-biriga hujum qilmaydilar. Ozod xalqlar ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqarmaydilar. (3 oktabr, 2003. Eslatma: AQSh ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqaradi)
  • Jasur Iroq fuqarosining Saddom Husayn kesib tashlagan qoʻlini siqib qoʻyishdan mamnunman.
  • Men yaqinda Rossiya prezidenti bilan Slovakiyada uchrashdim. Yoki Sloveniyadami - men bu mamlakat qanday nomlanishini aniq eslay olmayman.

Ilovalar

tahrir
  1. [1]
  2. „Bushizmlar“. 2007-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-sentyabr.