[go: up one dir, main page]

Xudo (forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda xudo butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. Xudo turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Aslini olganda xudo nazariyasi aniq ilmiy asoslanmagan nazariyadir. Qadimgi diniy eʼtiqodlarda xudolarga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va oʻsimliklarga topinilgan (qarang: animizm, fetishizm, totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (qarang: panteizm) xudo tabiatning oʻzida, xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki xudo — yorugʻlik, yaxshilik xudosi Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik xudosi Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qadimgi Sharq dinlarida va boshqa politeistik (qarang: politeizm) dinlarda juda koʻp xudolarga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh xudo, qolganlari ikkinchi darajali xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi xudolar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (qarang: monoteizm) bitta xudoga sigʻinilgan. Buddizmda dastlab xudolarga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa xudolar ham bor. Hinduiylikdya asosiy xudolar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi xudo — Yahva dastlab qabila xudosi va mahalliy xudo boʻlgan, qad. yahudiilarning birlashishi va Yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning xudosiga, keyinchalik esa qudratli, yagona xudoga aylangan. Xristianlikda xudo mohiyatan yagona, lekin 3 qiyofada (ota xudo, oʻgʻil xudo, muqaddas ruh xudo) namoyon boʻladi. Islom dinida yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilinadi. Unga eʼtiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. Xudoga eʼtiqod qilish, xudodan qoʻrqish har qanday dinga xos.

Taʼrifi

tahrir

Monoteistik dinlarda xudo olamning yaratuvchisi va hukmdori sifatida koʻriladi. Zamonaviy teologiyaga koʻra ilmiy metodlar bilan aniqlanmaydi. Yahudiylik va undan kelib chiqqan dinlarga koʻra xudo hamma narsaga qodir, hamma narsadan boxabar va mutlaq ezgudir. Xudoni bitta deb koʻruvchi dinlar monoteistik dinlar deb ataladi. Xudolar bir emas, bir nechta, deb hisoblovchi dinlar politeistik dinlar deyiladi. Xudo olamni yaratgan, lekin unga boshqa aralashmagan, paygʻambarlar, dinlar, kitoblar yubormagan, degan falsafiy qarash esa deizm deb nomlanadi. Xudoning borligiga ishonmaslik ateizm deb ataladi.

Etimologiyasi

tahrir

Oʻzbekcha xudo soʻzi forscha xodā (خدا) soʻzidan olingan boʻlib, u esa oʻz navbatida roman-german tillaridagi god, gott, gud (hammasi qadimiy olmon tilidagi *ǥuđándan kelib chiqqan) soʻzlari bilan oʻzakdoshdir.

Xudoning mavjudligi borasidagi bahs

tahrir

Xudoning mavjudligi yoki emasligi haqida Oʻrta Asrlardan beri falsafiy munozaralar olib borilgan. Bunda ilk muammo shundaki, xudoning oʻzi kimligi va qandayligi, taʼrifi keskin aniq qilib tayinlanmagan. Xudo mavjud emas, deb fikrlovchi faylasuflar olamni anglashda unga hojat yoʻqligini uqtirishadi.

Xudo haqidagi tasavvurlar

tahrir

Monoteistik qarashlar

tahrir

Islomda xudo Alloh (arabchada اﷲ) deb nomlanadi. Bu soʻz Al-Iloh soʻzidan kelib chiqqan, bu yerda al- prefiksi arab tilidagi artikl, iloh esa „xudo“ deb tarjima qilinadi. Qur'onga koʻra Alloh yagona, abadiy, tugʻmagan va tugʻilmagandir hamda unga teng keladigani yoʻq[1].

Xristianlik

tahrir

Xristian qarashlarga koʻra xudo yolgʻiz va yakka boʻlsa-da, oʻzini uch koʻrinishda namoyon etishi mumkin: Ilohiy Ota, Ilohiy O'g'il (Iso Masih) va Muqaddas Ruh (baʼzi manbalarga koʻra Ilohiy Muqaddas Ruh)[2].

Yahudiylik

tahrir

Yahudiylikning muqaddas, deb hisoblanuvchi mil. avv. 3760 yilda yozilgan Tavrot kitobiga koʻra xudo yakkadir va u olamni yaratgandir. Bu monoteizmning boshlanishi deb qaraladi. Yahudiy xudosi Yahve (YHWH) deb ataladi.

Politeistik qarashlar

tahrir

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyasi

tahrir

Qadimgi Rim va Yunon mifologiyalariga koʻra xudolar koʻpdir, va ularning har biri biror tayin tabiy hodisa yoki osmon jismini ifoda etadi.

Hinduiylik

tahrir

Vedalarga koʻra 33 xudo bor, lekin baʼzi hinduiy manbalarga koʻra ularning soni 3399 tadir.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Al-Ixlos surasi, 1-4-oyatlar
  2. arxiv nusxasi, 2007-09-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-07-12

Havolalar

tahrir