[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

hayot

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

hayot I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ha-yot

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. حَيَاة — yashash, mavjud boʻlish, tiriklik

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Materiyaning oʻz rivoj-lanishining muayyan bir davridagi hara-katlanish shakli. ◆ Yerda hayotning paydo boʻ-lishi. Oʻsimliklar hayoti. yat Yaqin atrofimizni oʻrganib, faqat sayyorangizda hayot borligini aniqlaganimizga ancha boʻldi. 0. Moʻminov, „Xiyobondagi uch uchrashuv“ .

2 Inson, hayvon, oʻsimliklarning tu-gʻilgandan (yuzaga kelgandan) oʻlgunga (yoʻq boʻlgunga) qadar boʻlgan fiziologik holati, tirik, mavjud, yashayotgan holati. ◆ Koʻz juda murakkab optik sistema boʻlib, kishi hayoti-da koʻzning yaxshi koʻrishi muhimdir. Gazetadan . ◆ Bir avlodning hayoticha davr ichida nur degan soʻz ermakday boshlanib, asrlarning hokimi boʻlib qoldi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Uning hayot asari qolmagan yuzi yana xira-lashdi.. K. Yashin, „Hamza“ .

Hayot bagʻishlamoq (yoki baxsh etmoq) 1) dunyoga keltirmoq, tugʻmoq; 2) oʻlimdan saq-lamoq, yashashga imkon bermoq, imkon yarat-moq. ◆ ..meni dor ostidan qutqarib, menga yana hayot bagʻiisshdingiz. A. Qodiriy, „Oʻtgan kun-lar“ . ◆ Shu bilan birga, oʻziga hayot baxsh etgan hakimning xizmatiga hamisha kamarbasta boʻlibturdi. K. Yashin, „Hamza; 3) hayot, yashash sharoiti, imkoniyati bilan taʼminlamoq“ . ◆ Ona tabiat insonga turli-tuman neʼmat-larni inʼom etib, unga hayot bagʻishlab tu-radi. Gazetadan . ◆ Mana, subhidam payti, quyosh-ning zarrin nurlari hamma yoqqa hayot ba-gʻishlayapti.. T. Rustamov, „Mangu jasorat“ . ◆ Suv oqadi, qon kabi borib, Gʻoʻzalarga baxsh etar hayot. Gʻayratiy .

3 Yashash muddati; umr. Toʻy — kishi hayo-tidagi eng yaxshi orzu-umidlarning ushalishi. Gazetadan. ◆ Gapni choʻzma, chunkihayot qisqadir. M. Joʻra, „Iztirob“ . ◆ Olima hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. "Saodat" .

Hayot kechirmoq Umr koʻrmoq, yashamoq. ◆ U bilan birga oʻttiz yil hayot kechirdik. n ◆ Qoraqalpoq xalqi yangi shaharlarda, qulay, yorugʻ, bahavo uy-joylarda hayot kechirmoqda. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" .

4 koʻchma Hayot bagʻishlovchi, hayotni taʼ-minlovchi narsa. ◆ Elektr simlardan hayot oqadi. "Guldasta" . Harakatissiqlik, uccuwuk — ◆ hayot demak. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Non hidida hayot bor, Har magʻzida ma-mot bor. Gazetadan .

5 Kishi va jamiyatning yashash tarzi, holati; turmush, tirikchilik. ◆ Ijtimoiy hayot. Oilaviy hayot. Yozuvchining hayoti va faoliyati. Respublika hayoti. Mahalla hayo-ti. n Bilim yurti talabalarining hayo-ti har tomonlama sermazmun oʻtmoqda. Gazetadan. ◆ Ushning baland-past loy tomlari shahardagi qashshoq hayotning guvohidek mungʻayibturipti. S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Shu hayot, shu turmushdan gadolik aʼlo. Gʻayratiy .

6 Bizni oʻrab olgan real borliq, voqe-lik. ◆ Hayot juda qiziq-a?! Birovlar — asal, birovlar zahar berarkan. S. Yunusov, „Ku-tilmagan xazina“ . ◆ Hayotda shunday odamlar borki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bagʻishlagan boʻladilar. X. Yodgorov, „Hayot toʻlqinlari“ .

7 sft. Yashab turgan; tirik. ◆ Kim biladi, balki hayotdir va, ehtimol, hayotga yotdir. H. Olimjon . ◆ Shu darcha cholingiz hayot vaq-tida ham qiishiq edi.. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

8 koʻchma Jonlanish, uygʻonish. ◆ Redaksiya-da havo yurishib, hayot alomatlari paydo boʻlgandek tuyuldi Ahmadga. F. Musajonov, „Ximmat“ .

9 Hayot (xotin-qizlar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

hayot II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ha-yot

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. UL-=>. — devor; hovliga tutash bogʻcha

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

, hayotcha shv. Xoʻjalik yonidagi kichik ekin maydoni, tomorqa, bogʻcha, chorvoq. [Lo-lisxon:] ◆ Mana shu hayotchaning orqasida tor koʻcha bor, bundan qayoqqa borishni oʻzim bil-mayman. Hamza, „Paranji sirlari“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲАЁТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

hayot

hayot
1 жизнь; ◆ Yerda ~ning paydo boʻlishi возникновение жизни на Земле;
2 жизнь; существование; // жизненный; ◆ oilaviy ~ семейная жизнь; ◆ madaniy ~ культурная жизнь; ◆ kolxoz ~i колхозная жизнь; ◆ ~ uchun kurash борьба за существование; ◆ shoirning ~ yoʻli жизненный путь поэта; ◆ ~ faoliyati жизнедеятельность; ◆ ~ kechirmoq жить, существовать;
3 живой; жив; здравствует; ◆ olti bolamdan beshtasi ~ из моих шестерых детей пятеро живы; ◆ otam ~ vaqtida когда отец мой был жив, при жизни отца;
◆ 4 = umr; ~imda men bunday narsani koʻrgan emasman в жизни (на своём веку) я такого не видел;
5 Хаят (имя собств. мужское и женское).