[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jaloliddin Rumiy

Vikiiqtibosdan olingan
Jaloliddin Rumiy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Jaloliddin Rumiy (30-sentyabr 1207-yil, Balx, Afgʻoniston; 17-dekabr 1273-yil, Koʻniya, Turkiya) – Dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Haddidan oshmasin orzuning koʻpi,
    Togʻni koʻtarolmas bir somon choʻpi[1].
  • Har sabrning oxiri zafar,
    Har achchiqning ketidan shakar[1].
  • Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni oʻzgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun nafsimni oʻzgartirmoqchiman[2].
  • Kimki doʻstlikni xor aylabdi, uni qismat jazolagay – chiqib tutuni[1].
  • Kimsaki tark ayladi oʻz aslini,
    Qayta izlar roʻzgʻorin vaslini[1].
  • Kumushning tashqi koʻrinishi oppoq boʻlsa ham, qoʻlda va choʻntakda koʻp ushlansa, qora yuqtiradi. Shunga oʻxshash baʼzi odamlarning soʻzlari zohirida kumush kabi porloq va toza koʻrinsa ham, lekin qayg‘u va zarar keltiradi[1].
  • Koʻp xafa boʻlma! Shuni yaxshi bilki, qancha yigʻlasang shuncha kulasan… Hamma narsani tugadi deb ham oʻylama!.. Qancha sevsang shuncha sevilasan…
  • Insonlar kitob kabidir. Muqovasiga qarab aldanmang. Haqiqiy qiymatini oʻqishni boshlagach bilasiz[3].
  • Paygʻambarlar va ularning vorislari – avliyolar, yaʼni komil inson boʻlganlar bashariyat niqobi bilan oʻralgan quyoshlardir. Ularning himoyasida boʻlki, senga doim yomonlik qiladigan nafsingning qoʻlidan qutulasan[1].
  • Qanday boʻlsang, shunday koʻrin, qanday koʻrinsang, shunday boʻl[1].
  • Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi boʻlib, biri olgʻa, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi[1].
  • Sizga uzatilgan hamma qoʻlni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir[1].
  • Umr ertangi kun orzusi bilan yashash, gʻofillik bilan janjal-suron qilish, joningni ayamay mehnat qilish bilan tugab boradi[1].
  • Oʻlim yoʻlda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora[1].
  • Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
    Gʻarb dunyo topdi, Allohdan kechib[1].
  • Shunday insonlarni koʻrdim ustida kiyimi yoʻq. Shunday kiyimlarni koʻrdim, ichida insoni yoʻq[3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  3. 3,0 3,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.