Geografik nomlar
Qiyofa
(Toponimlardan yoʻnaltirildi)
Geografik nomlar, toponimlar — Yer yuzasidagi geografik obyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida
- hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orolbo'yi),
- suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo),
- relyef — oronimlar (Zarkosa tog'i, Kamchiq dovoni),
- aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent shahri, Samarqand shahri, Go'zalkent qishlog'i) va boshqa nomlar farq qilinadi.
Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga ko'ra bir-biridan farq qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va boshqa omillar aks etgan bo'ladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |