[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Manjuriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu xaritada qizil rangda hozirgi Manjuriya va och qizil rangda Ichki Mongoliya hududiga aylangan Manjuriya chegaralari koʻrsatilgan
Tashqi Manjuriya och qizil rang bilan bo‘yalgan. Baʼzan Tashqi Manjuriyaga Saxalin orolini ham qoʻshishadi.

Manjùriya (xit. an’anaviy 滿洲, soddalashtrilgan 满洲, pinyin: Mǎnzhōu manjur tilidagi  — manchju), (eskirgan — mandjuriya yoki manjuriya) — Xitoyning shimoli-sharqidagi tarixiy hudud (Dunbey viloyati va Ichki Mongoliyaning sharqiy qismi). 1858-1860-yillargacha Aygun shartnomasi (1858) va Pekin Traktati (1860) boʻyicha Rossiyaga qoʻshib olingan hozirgi Priamurya va Primorye oblastlari ham „Manjuriya“ hududi deb hisoblangan. Baʼzida bu joylar „Tashqi Manjuriya“ deb atalib, Sin imperiyasi va Rossiya oʻrtasida bahsli hudud hisoblangan. Bundan tashqari baʼzi Xitoy xariyalarida tarixiy Manjuriya hududiga Saxalin oroli ham qoʻshib koʻrsatiladi. Manjuiya nomi XVII asrda shakllangan boʻlib, tarixda oʻz davlatiga ega boʻlgan manjur xalqi (janubiy tungus xalqlari) nomidan olingan. Sin imperiyasi davrida bu yerlar „Uch sharqiy hududlar“ deb atalgan ᡵᡤᡳ ᡳᠯᠠᠨ ᡤᠣᠯᠣ (dergi ilan golo).

Zamonaviy geografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Xitoy Manjuriyasining tekislik qismini Xeylunsyan, Szilin va Lyaonin provinsiyalari egallaydi. Katta Xingan tizmasi Ichki Mongoliya avtonom hududida.

Tarixiy Manjuriya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixda Manjuriya yerlari juda koʻplab mustaqil hududlarga boʻlingan. Ular vaqti-vaqti bilan yo u, yo bu bosqinchi podshoh rahbarligida bir hududga birlashgan va yana boʻlingan. Majuriya shimoliga shimoldan kelgan jangari manjur qabilalari hujum qilib turishgan va oʻz hukmlarini oʻtkazishgan. Janubdan Xitoy kolonizatsiyasi oʻzi bilan Xan davri madaniyati qoldiqlarini olib kelgan. X asrda Manjuriyani kidonlar bosib olishgan. 1115-yildan Szin sulolasiga asos solgan chjurchjenlar boshqaruvi ostida qolgan. 1234-yil Manjuriyani mo’g’ullar bosib olishgan. Xitoyda Moʻgʻul hukmronligi tugatilganidan keyin (1368) yangi Min imperiyasi tuzilib, XV asr boshida butun Manjuriyani bosib olishga harakat qilgan. Lekin butun Min imperiyasi hukmronligi davomida Manjuriyaning Lyaodun yarimoroligina (hozirgi Lyaonin) ularga doimiy boʻysungan.

Sin imperiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1891-yilgi xaritada Manjuriya

XVI asr oxirida chjurchjen qabila boshliqlaridan boʻlgan Nurxatsi koʻplab chjurchjen va moʻgʻul aymoqlarini oʻz qoʻli ostida birlashtiradi va 1616-yil oʻzini „Soʻnggi Sin“ imperiyasi imperatori deb eʼlon qiladi. Keyinroq Min imperiyasiga boʻysunuvchi Lyaodun qoʻlga kiritiladi. 1636-yil Nurxatsining oʻgʻli Abaxay Soʻnggi Sin imperiyasini Sin imperiyasi, chjurchjenlarni esa „manjurlar“ deb ataydi. 1644-yil Sin imperiyasi qoʻshinlari Buyuk Xitoy devoridan oʻtib Pekinni egallaydilar. Uzoq davom etgan urushdan keyin manjurlar deyarli butun Xitoy hududini oʻz imperiyalariga qoʻshib oladilar. Sin imperiyasida asosiy boshqaruvchi kuch oʻlaroq manjurlar tez orada Xitoy madaniyatini oʻzlashtirganlar lekin ularning tarixiy vatani Manjuriya oʻzida yuridik va etnik tafovutni saqlab qolgan. Etnik xitoylarning Manjuriya hududiga (Lyaodundan shimolga) oʻtishini nazorat qilish maqsadida XVII asrda maxsus Tol devorlar barpo etilgan. XIX asrga kelib, hozirgi Priamurya va Primorye hududlarini Rossiya bosib olgach Sin hukumati mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga xitoyliklarni koʻchirib oʻtkazish lozimligi haqida oʻyladi. XVII-XVIII asrlarda yevropaliklar manjurlar va moʻgʻullarni, shimoliy Osiyoning boshqa xalqlari qatori umumlashtirib „tatarlar“ deb ataganlar. Shunga koʻra Sin imperiyasi tarkibiga kiruvchi Manjuriya va Mongoliya Gʻarbiy Yevropada „Xitoy Tartariyasi“ nomi bilan mashhur boʻladi (misol, Jan Batist Dyualning fransuzcha: la Tartarie chinoise asari.[1], inglizcha: Chinese Tartary Kitchen Atlasida 1773-yil). Tartar bo’g’ozi nomi ham shundan kelib chiqqan (fransuzcha: manche du Tartarie[2]). XIX asr boshiga geograflar „Tartariya“ oʻrniga „Manjuriya“ nomini qoʻllashni tavsiya etganlar. Shu jumladan 1804-yil Parijda chop etilgan butunjahon jogʻrofiyasi („Xitoy mperiyasi“ boʻlimi) „Shimolning ishgʻol etilgan provinsiyalari yoki Manjuriya, Mongoliya, Qalmiqiya[3], Sifon[4], Kichik Buxoriya[5] va xatolik-la TARTARIYA deya atalgan boshqa mamlakatlar“, deb nomlanadi[6][7] Faqat XIX asr davomida „Manjuriya“ soʻzi ommaviy ravishda qabul qilindi.

Manjuriyada ruslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rus-yapon urushi davrida chizilgan rus plakati: rus kazaki Manjuriya va Port-Arturni himoya qilmoqda, 1904-yil

Manjuriyaning shimoliy chegarasidagi toʻqnashuvlar 1658-yil Rus-Xitoy urushidan boshlanadi. Harbiy toʻqnashuv oqibatida 1689-yil Nerchinsk sulhi imzolanadi, unga koʻra rus-xitoy chegarasi Amur, Argun va Gorbitsa daryolari boʻylab oʻtadi. U yerdagi oltin konlari haqidagi mish-mishlar 1883-yil Xitoy hududida (Jelta daryosi boʻylarida, Albaxizi irmogʻida, Amur basseynida) Jeltuga respublikasi vujudga kelishiga sabab boʻldi. Jeltuga respublikasi 1885-1886-yillarda xitoy harbiylari tomonidan yoʻq qilindi. Yapon-xitoy urushi davomida Manjuriyaning bir qismi yaponlar tomonidan bosib olindi lekin Shimonoseki sulhi shartlariga koʻra yana Xitoyga qaytarildi. Sin hukumatining kuchsizlanishi Manjuriyada ruslarning taʼsiri ortishiga olib keldi, bu taʼsir oʻz ichiga savdo-sotiq va siyosiy manfaatlarni olardi. Bunga sabab yaponlardan magʻlub boʻlgan Sin imperiyasi 1896-yil Rus imperiyasi bilan ittifoq shartnomasi imzolashi edi. 1896-yil Vladivostokka Xarbin orqali Xitoy Sharqiy temir yo’li (XShTY) oʻtkaziladi. Manjuriyani oʻrganish vat emir yoʻl oʻtkazish ishlarida Nikolay Sviyaginning xizmati katta. 1898-yil Rus-xitoy konvensiyasiga muvofiq Rossiya Xitoyning Lyaodun yarimoroli va unga yondosh orollarni ijaraga olib Port-Arturni mustahkamlaydi va Dalniy savdo-sotiq portini quradi. Bular barchasi Sharqiy Xitoy temir yoʻl yoʻnalishi boʻyicha Vladivostok bilan bogʻlanadi. 1900-yil Ixetuan qoʻzgʻoloni oqibatida Manjuriyaning Xitoy Sharqiy temir yoʻli qismi rus harbiylari tomonidan egallandi. 1903-yil Rossiya Port-Arturda Uzoq Sharq gubernatorligini tashkil etdi. Bundan tashqari rus hukumati Manjuriyani o‘zida saqlab qolishni ko‘zda tutgan „Sariq Rossiya“ loyihasini ishab chiqdi. Unga ko‘ra 1899-yil tashkil etilgan Kvantun viloyati Rossiya tarkibiga kirishi, XShTY istisno zonasi tuzilishi va rus kazak harbiy qo‘shinlari tuzilib, u yerlarga rus bosqinchilarini ko‘chirib kelish maqsad qilingandi.[8] Yaponiyaning Manjuriya va Koreyaga daʼvogarlik qilishi va Rossiya imperiyasining bu yerlardan harbiy kuchlarini olib chiqishni rad etishi 1904-1905-yillarda Rus-yapon urushini keltirib chiqardi. Bu urushda harbiy harakatlar teatri asosan butun janubiy Manjuriyadan Mukdenga qadar cho‘zilgandi.

Portsmut tinchlik sulhiga koʻra Lyaodun yarimoroli (Kvantun voliyati bilan birga) va Janubiy Manjuriya temir yo’llari Kuanchenszi (Chanchun)dan Port-Arturgacha Yaponiyaga topshirildi. 1905-1925-yillar davomida Yaponiya iqtisodiy tizginlardan foydalangan holda Ichki Manjuriyaga ham oʻz taʼsirini oʻtkaza bordi.[9] Keyinroq Yaponiya Xitoyning Manjuriya ustidan hokimiyatini butkul cheklashga urinib u yerda oʻziga qaram boʻlgan Manjou-go davlatiga asos soldi.

Manjou-go xaritasi

1932-yil 1-martdan 1945-yil 19-avgustgacha Manjuriya hududida Manjou-go davlati mavjud boʻldi. Pul birligi — Syao. Poytaxti — Sinszin. Davlat boshligʻi — Pu I (1932-1934-yillarda Oliy boshqaruvchi, 1934-1945-yillarda imperator). Bu tuzilishida tamoyillardan biri davlat xalqini tashkil etuvchi barcha olti millat (manjurlar, moʻgʻullar, xitoylar, ruslar, yaponlar, koreyslar) huquqlari teng qilib belgilanadi. Xorijdan kelganlar uchun „ochiq eshiklar“ va „teng imkoniyatlar“ tamoyiliga asoslangan holda erkin mehnat qilish huquqi beriladi.[10]. De-fakto Manjou-go Yaponiya tomonidan boshqarilgan va uning siyosatiga asoslangan. 1939-yil Manjou-go harbiylari Xalxin-Gol boʻyidagi urushda ishtirok etdilar. 1945-yil 19-avgustda imperator Pu I samolyoti Mukden aeroportida Qizil Armiya desantchilari tomonidan qoʻlga olingach Manjou-go davati butkul tugatildi.

ManjuriyaZabaykalsk” chegaraviy temir yo’li yuk tashish hajmi bo’yicha xitoydagi eng katta temir yo’l hisoblanadi. 2010-yilda yuk tashish hajmi 70 million tonnani tashkil etgan.[11] 2009-yil iyulida Manjuriyada xalqaro avtomobil yo’l o’tkazgichi ochilgan. Bugungi kunda Manjuriya orqali Xitoy va Rossiya o’rtasida o’rmon xom-ashyo mollari, neft, suyuq kimyoviy ashyolar, gaz, asbob-uskunalar, konteynerlar tashiladi.

O’rmon sanoat kompleksi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manjuriya orqali Xitoyga Rossiyadan import qilinadigan o’rmon xom-ashyo mollarining 60%i kirib keladi. Bu umumiy davlatga kiradigan yog’ochning 30%i demakdir.

  1. Jean-Baptiste Du Halde: Description géographique, historique, chronologique, politique et physique de l’empire de la Chine et de la Tartarie chinoise (Paris: P.G. Lemercier 1735)
  2. Mentelle, Edme; Brun, Malte (1804), Géographie mathématique, physique & politique de toutes les parties du monde, 12-jild, H. Tardieu, 144-bet
  3. yaʼni Jungʻoriya
  4. Tibet
  5. Qoshgʻariya
  6. "Les provinces tributaires du nord ou la Mantchourie, la Mongolie, la Kalmouquie, le Sifan, la Petit Bucharie, et autres pays vulgairement compris sous la fausse dénomination de TARTARIE", Mentelle & Brun 1804, s. 144
  7. „Mandchourie ou pays du Mongols, mantcheoux ou orientaux“ („Manjuriya yoxud manjur yoki sharqiy moʻgʻullar yurti“): Mentelle, Edme (1804), Le cours complet de cosmographie, de géographie, de chronologie et d'histoire ancienne et moderne, 3-jild, Chez Bernard, 334-bet
  8. „Русский архипелаг — Дальневосточный проект Российской Империи“ (deadlink). 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.
  9. „Япония в период с 20-х по 40-е годы“ (deadlink). 2010-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-avgust. „arxiv nusxasi“. 2010-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  10. „Маньчжурия | Putevoditel po Kitayu“ (ru-RU) (deadlink). www.china4travel.com. 2018-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  11. „Рынок сбыта Манчьжурия, журнал Рынок сбыта Манчьжурия от портала 100m3.com“. 100m3.com. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  • Амур, как путь для маньчжурского экспорта // Сибирская торговая газета. № 207. 24 сентября 1910 года. Тюмень.
  • В Маньчжурии. От собственного корреспондента. Из записок добровольца // Сибирский наблюдатель. Книга 11-12 (ноябрь-декабрь). Томск. 1904.
  • Золотопромышленность в Маньчжурии // Сибирская торговая газета. № 11. 13 января 1902 года. Тюмень.
  • О Маньчжурии // Сибирская торговая газета. № 155. 17 июля 1898 года. Тюмень.
  • Маньчжурские города // Сибирская торговая газета. № 76. 5 апреля 1905 года. Тюмень.
  • Япония в Маньчжурии // Сибирская торговая газета. № 196. 13 сентября 1905 года. Тюмень.
  • Позднеев Д. М. „Маньчжурия“, . Brokgaus va Efron ensiklopedik lugʻati: 86 tomli (82 tom va 4 qoʻshimcha tomlar), Sankt Peterburg, 1890–1907. 
  • Попытка ввоза хлеба из Маньчжурии на юг России // Сибирская торговая газета. № 10. 12 января 1908 года. Тюмень.
  • Маньчжурия и её население // Иллюстрированное приложение к № 35 газеты «Сибирская жизнь». 15 февраля 1904 года. Томск.
  • Маньчжурия и её население (продолжение) // Иллюстрированное приложение к № 69 газеты «Сибирская жизнь». 28 марта 1904 года. Томск.
  • Анерт Э. Э. Путешествие по Маньчжурии. — СПб.: Тип. Имп. акад. наук, 1904. — 566 с.
  • Болобан А. П. Земледелие и хлебопромышленность Северной Маньчжурии — Харбин, 1909
  • Гребенщиков А. В. По Амуру и Сунгари. Путевые заметки — Харбин, 1909
  • Болобан А. П. Колонизационные проблемы Китая в Маньчжурии // Вестник Азии. Журнал Общества русских ориенталистов. — Харбин — 1910 — № 3 — С. С.85 — 127
  • Штейнфельд Н. П. Русская торговля в Маньчжурии в характеристике местного купечества // Вестник Азии. Журнал Общества русских ориенталистов. — Харбин — 1910 — № 3 — С. С. 128—157
  • Аварин В. Национальный вопрос и колонизация в Маньчжурии // Революция и национальности — 1931 — № 4