[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Izopropil spirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Izopropanoldan yoʻnaltirildi)

Izopropil spirt, propanol-2, izopropanol, (SN3)2 SNON — ikkilamchi propil spirt. Rangsiz suyuqlik, mol. m. 60,09. Suyuqlanish temperaturasi — 89,5°, qaynash temperaturasi 82,4°. Zichligi 785,5 kg/m3. Suv va organik erituvchilar bilan turli nisbatda aralashadi; suv bilan azeotrop aralashma (kaynash temperaturasi 80,2°; 87,7% I.s.) I. s. yogʻ qatori bir atomli ikkilamchi spirtlarning (oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi, ON — guruhini galogen va b. bilan almashtirish mumkin) barcha xossalarini namoyon qiladi. Degidrogenlanganda atsetonga aylanadi. Sulfat kislota ishtirokida aromatik birikmalar bilan kondensatlanib I. s. hosilalarini, mas, izopro-pilbenzol, izopropiltoluol beradi.

Sanoatda propilenni gidratatsiyaga uch-ratish yoʻli bilan olinadi. Gidratatsiya 70—75% li H2SO4 ishtirokida 70—80° temperatura va 1,0—2,8 MPa bosim ostida oʻtkaziladi. Xom ashyo sifatida neftni kreking va piroliz jarayonida hosil boʻladigan, tarkibida 30—90% propilendan iborat propanpropilen fraksiyasi ishlatiladi; ammo xom ashyo sifatida sof propilen ham qoʻllanadi, Chunki bunda ushbu jarayonni past bosim ostida oʻtkazish mumkin. Jara-yonning birinchi bosqichida I. s, izopropil sulfat (CH3)2CHOSO,OH, H2SO4 va suvdan tashkil topgan muvozanat holatdagi aralashma (sulfat kislotali ekstrakt) hosil boʻlib, ikkinchi bosqichda u suv bilan birga qizdiriladi va hosil boʻlgan I. s. haydaladi. I. s. parafinlarni qavo taʼsirida oksidlab va b. usullar bilan ham olinadi. I. s. atseton, efirlar va b. organik mahsulotlar i. ch.da, lok-boʻyoq, atirupa, farmatsevtika sanoatida erituvchi moylar, tabiiy smolalar, latekslar, antifrizlar uchun ekstragent sifatida qoʻllanadi. IZORA — uy devorining yer bilan tokcha orasidagi qismi. Koʻpincha tokchadan oʻsimliksimon oʻyma naqsh (pax) bilan ajratiladi. I. sathi soddaroq islimiy yoki girih bilan toʻldiriladi (goho ganchga oʻyib ishlangan naqshlar bilan ham bezatiladi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil