[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hilmand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hilmand
Tavsif
Uzunligi 1 150
Suv sarfi 78 m³/s
Joylashuvi
Davlat Afgʻoniston va Eron
Hilmand

HilmandAfgʻonistondagi daryo, quyi qismi Eronda. Uzunligi 1150 km. Havzasining maydoni 500 ming km² (katta qismi choʻl). Hindukush togʻlaridan boshlanib, Dashti Margʻo va Registon tekisliklarida oqadi. Delta hosil qilib, Siston botigʻidagi Homun koʻliga quyiladi. Bosh irmogʻi — Argandob. Oʻrtacha suv sarfi 400—500 m3/sek. Suvi bahor va yoz oylarida koʻpayadi. Suvidan sugʻorishda foydalaniladi. H. tarmoqlarida toʻgʻonlar qurilgan (eng kattasi Siston).