[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Alfiyya (Ibn Malik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alfiyadan yoʻnaltirildi)
Ibn Malik Alfiyyasi
Muallif(lar) Ibn Malik
Til arabcha
Janr(lar)i Grammatika, Sheʼriyat
Nashr etilgan sanasi 13-asr

Ibn Malik Alfiyasi (arabcha: ألفية ابن مالك) — 13-asrda Ibn Malik tomonidan yozilgan qofiyali arab tili grammatikasi kitobidir. Asarning toʻliq nomi Xulosa al-alfiyya. Tarixchi Ahmad al-Maqqariyning yozishicha, Al-Alfiyya Ibn Muti az-Zavaviyning Ad-Durra al-alfiya asariga taqlidan yozilgan[1]. 20-asrgacha arab jamiyatlarida boshlangʻich taʼlimning ikkita muhim asoslaridan biri boʻlgan ushbu asarga kamida 43 ta sharh yozilgan.

Ajurrumiya bilan bir qatorda Alfiya ham Qurʼondan keyin diniy maktab oʻquvchilari yod olgan dastlabki kitoblardan biri boʻlgan.

Bu kitob hanuzgacha Hindiston janubidagi Kerala shtati anʼanaviy Darslarida (Masjiddagi Islom taʼlimi tizimi) hamda Indoneziyadagi anʼanaviy islom maktab-internatlarida oʻqitiladi[2][3].