Ibn Rusta
Ibn Rusta, Abu Ali Ahmad ibn Umar ibn Rusta (9-asr 2-yarmi, Isfahon — 10 a. boshi) — geograf, arab tilida ijod qilgan. 903 y. da haj ziyora-tiga borgan. 7 jilddan iborat "Kitob alaʼloqannafisa" ("Qimmatbaho durlar haqida kitob") ensiklopedik asarini 903 y. da yozgan. Asarning astronomiya va geog . da oid fakat yettinchi jildigina bizgacha yetib kelgan. Muallif asarni yozishda Ahmad alfargʻoniy, Abu Maʼshar al-Balxiy, Ibn Hurdodbeh kabi taniqli olimlarning asarlaridan foydalangan. I. R. asarida yer yuzidagi dengizlar, daryolar, yetti iqlim, turli oʻlkalar (Arabiston ya. o., Eron-zamin, Ikki dare oraligʻi (Mesopotamiya), Misr, Kichik Osiyo ya. o., Hindiston sharqi va b.), xalq va elatlar, shaharlarning geografik tasviri berilgan. Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizining sohillari birinchi marta I. R. asarida batafeil yori-tilgan. Asar ilmiy-ommabop tarzda yozilgan va unga oʻsimlik hamda hayvonot olamiga tegishli ajoyib hikoyatlar badiiy tarzda ilova qilingan; Yevropada ilmiy nashr etilgan (1892).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |