[go: up one dir, main page]

Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (Umar ibn Xattob) (arabcha: عمر بن الخطاب; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; milodiy taxminan 584-yil – 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammadning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi – hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammadning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.[1]Umar ibn Hattobdan soʻng Usman ibn Affon moʻminlarga amir boʻladi

Umar
Tavalludi 586
Vafoti 3-noyabr 644
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Al-Khattab bin Nufayl
Onasi Ḥantamah bint Hishām

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir