[go: up one dir, main page]

UNESCO (inglizcha: United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.

UNESCO
inglizcha: UNESCO; United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization

logosi
Ishga tushgan sanasi 3-noyabr 1945-yil
Joylashuvi Fransiya bayrogʻi Fransiya, Parij
Vebsayti www.unesco.org/en
Til(lar)i

Ingliz tili
Rus tili
Ispan tili
Fransuz tili
Xitoy tili

Arab tili

Bu tashkilotning qurilishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch organdan – Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.

UNESCO – Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti – xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, „… irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga“ koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.

Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika – kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. UNESCO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29-dekabrda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya UNESCOning oliy organi hisoblanadi. 2-yilda 1 marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997-yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har-yili 2 marta yigʻiladi. Uning 155-sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998-yil 6-noyabr). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Matssura, 1999-yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani „UNESCO kuryeri“ jurnali (30 tilda nashr qilinadi), „Kelajak“ (taʼlim sohasidagi haftalik), „Muzey“, „Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi“, „Tabiat va resurslar“, „Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma“, „Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi“, „Impakt: fan va jamiyat“ kabilardir. UNESCO har 2-yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. UNESCO „Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi“ (6 jild), „Islom madaniyatining turli jihatlari“ (6 jild), „Lotin Amerikasi davlatlari tarixi“ (7 jild), „Karib havzasi davlatlari tarixi“ (6 jild), „Afrika umumiy tarixi“ (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli „Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi“ xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998-yillarda bosilib chiqdi. „Ipak yoʻli – muloqot yoʻli“ jahon dasturi UNESCOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn-yilligi (1989—99-yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. UNESCOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi.

UNESCO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv yurtlarida UNESCO kafedralari, shuningdek, UNESCO maktablari tashkil etgan. UNESCO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi. UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, „Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullabyashnashi“ mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdi (1996-yil 20—26-aprel). Toshkent shahrining 2000-yilligi (1980), Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200-yilligi, Imom Buxoriynning 1225-yilligi (1998), „Alpomish“ xalq dostoni yaratilganligining 1000-yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700-yilligi (2001) nishonlandi. UNESCO rahnamoligida Samarqand shahrida „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov insoniy ideallarni eʼzozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni oʻrganishdagi xizmatlari uchun UNESCOning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998).

Adabiyot

tahrir
  • Saidov A. X., Xalqaro huquq, T., 2001; Xakimov R., Oʻzbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti, T., 2001; Moʻminov Abdulxay, Oʻzbekiston va UNESCOning xalqaro-huquqiy munosabatlari, T., 2003.

Umumiy Majlis

tahrir

Tashkilotga aʼzo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan Umumiy Majlis, 1946-1953-yillar orasida har-yil oʻtkazilgan boʻlib, 1954-yildan eʼtiboran iki-yilda bir marotaba oʻtkazilmoqda. Tashkilotning tashkil qilinishidan bugungacha jami 26 Umumiy Majlis boʻlib oʻtgan.

Majlis, Tashkilotning eng muhim organi boʻlib, boshqaruv aʼzolarini va Bosh Direktorni tanlab, UNESCOning ishlash rejalarini qabul qiladi va byudjetni aniqlaydi.

Boshqaruv

tahrir

Umumiy Boshqaruv Haqida

tahrir

UNESCO Boshqaruvining, Umumiy Majlisga qoʻshilgan va hukumatlarning nomzod boʻlgan vakillari, 58 azodan tashkil topadi.

UNESCO Boshqaruv aʼzolarining saylovi, 4-yilda 1 marotaba oʻtkaziladi.

UNESCOning Oʻzbekistondagi Boshqaruv aʼzolari

tahrir

Kotiblik

tahrir

UNESCO umumiy majlisda olti-yil uchun saylangan bosh prezidentning qoʻl ostida ishlayotgan UNESCO Kotibligi taʼlim, bilim, madaniyat va aloqa boʻlimlariga ayrilgan. Kotiblikning bosh vazifasi, UNESCOning ikki yillik rejalarini amalga oshirishdan iborat.

Hozirda UNESCOga aʼzo davlatlarning soni 191dan iborat.

Havolalar

tahrir