[go: up one dir, main page]

Sofiya — Bolgariya poytaxti. Sofiya soyligining janubiy chekkasida, Vitosha togʻi etaklarida, 530–650 m balandlikda joylashgan. Sofiya viloyatining maʼmuriy markazi. Bankya, NoviIskir va boshqa shaharlar bilan alohida maʼmuriy birlik — Katta Sofiyani tashkil etadi. Aholisi 1,09 mln. kishi (2001). Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2°, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600–650 mm. Shaharning sharqiy chekkasidan Iskir daryosi oqib oʻtadi, shahar atroflarida mineral buloklar bor. Sofiya Gʻarbiy va Markaziy Yevropa davlatlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlab turuvchi vodiylar orqali oʻtgan qad. yoʻllar ustida joylashgan transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Shaharga Serdika nomi bilan mil.av. 1-asrda asos solingan va Rim, keyinroq Vizantiyaga qarashli Bolqon yerlarining muhim maʼmuriy markazi va savdo punkta boʻlgan. 809 yilda Sredets nomi bilan Birinchi bolgar qirolligi (681—1018) tarkibiga kirdi. 1018—1194-yillarda Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 14-asr oxiridan Sofiya deb (Ayo Sofiya cherkovi nomidan) atalib kelinmoqda. 1382-yilda Sofiyani turklar bosib oldi va Rumayla beklarbekligining qarorgohiga aylantirildi. 16—18-asrlarda Sofiya Bolqon yarim orolning Istanbuddan keyin 2oʻrindagi yirik hunarmandchilik va madaniy markazi boʻlgan. 1877—78 yillarda rus qoʻshinlari Sofiyani turklardan ozod qildi. 1879-yildan Bolgariya poytaxti.

S— mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/6 qismi Sofiyaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlikning turli sohalari, xususan, elektrotexnika va radioelektronika, stanoksozlik va priborsozlik, koʻtarmatransport jihozlari ishlab chiqarish., rangli va qora metallurgiya, kimyo, rezina, sellyulozaqogʻoz, poligrafiya, oziqovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Bolgariya Fanlar akademiyasi, universitet, intlar, geogr. jamiyati, konservatoriya, badiiy galereya, arxeologiya, etnografiya va boshqa muzeylar, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ayo Sofiya cherkovi (5—6-asrlar), Aleksandr Nevskiy maqbarahaykali (1904—12) va boshqa saqlangan.