Robert S. Mulliken
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Robert S. Mulliken (1896.7.6, Nyubernport — 1986. 31.10) — amerikalik fizik-kimyogar. Massachuset texnologiya institutini tugatgan (1917). Chikago universiteti (1925-yilgacha), Garvard va Nyu-York universitetlarida (1926—28), 1928-yildan yana Chikago universitetida (1931-yildan professor) ishlagan. Kimyoviy bogʻlar va molekulalarning elektron struktura tuzilishlarini molekulyar orbitallar usulida aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1966).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ "MALLIKEN (Malliken) Robert Sanderson" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |