Orf Karl
Orf Karl (1895.10.7 - Myunxen — 1982.29.3) — nemis kompozitori, pedagog, dramaturg. Myunxendagi Musiqa sanʼati akademiyasida taʼlim olgan (1913—14). Bavariya sanʼat akademiyasi (1950), Rimdagi "Santa-Chechiliya" akademiyasi (1957) va boshqa akademi-yalar aʼzosi. Zalsburg (Avstriya) dagi xalqaro Musiqiy tarbiya instituti (hozirgi O. instituti) asoschisi va birinchi rahbarlaridan (1962-yildan). Zamonaviy drama teatri, misteriya (Oʻrta asr diniy te-atri) shakllari, marionetkalar, teatri, karnaval va boshqalarning ifodaviy vositalaridan foydalanib, musiqali spektaklning yangi turlarini yaratgan (mas, "sahnaviy kantata", "sahnaviy konsert" va boshqalar). "Karmina Burana" (1936), "Katulli karmina" (1942), "Afrodita triumfi" (1951), "Antigona" (1949), "Shoh Edip" (1959), "Pro-metey"(1967) va boshqa asarlari mashhur. O. 1930-yillarda kashf etgan bolalar mu-siqiy tarbiya tizimi, shuningdek, bolalar uchun maxsus ishlab chiqqan mu-siqa cholgʻulari ( sozshunos K. Zaks hamda cholgʻular ustasi K. Mendler bilan birgalikda) koʻpgina mamlakatlarda keng joriy etilgan. Germaniya Millim mukofoti bilan takdirlangan (1979).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |