[go: up one dir, main page]

Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi

Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi (OFC) xalqaro futbol assotsiatsiyasining oltita qitʼa konfederatsiyasidan biridir. OFC 13 ta aʼzodan iborat boʻlib, ulardan 11 tasi toʻliq aʼzolar va ikkitasi FIFAga aloqador boʻlmagan assotsiatsiyalangan aʼzolardir. Konfederatsiya Okeaniyada oʻyinni targʻib qiladi va aʼzo davlatlarga FIFA Jahon chempionatiga chiqish imkonini beradi.

Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi
Qisqartma OFC
Turi Futbol
Ishga tushgan sanasi 1966-yil 56 yil oldin
Joylashuvi Oklend Yangi Zelandiya
Hududiy xizmati Okeaniya
Asoschi(lar)i 13 ta assotsiatsiya
Prezidenti

Lambert Maltock

Bosh kotib Franck Castillo
Aʼzolari FIFA
Vebsayti oceaniafootball.com
Til(lar)i Ingliz tili

OFC asosan orol davlatlaridan iborat boʻlib, ularda futbol eng ommabop sport turi hisoblanmaydi. Yalpi ichki mahsulotning pastligi va aholining kamligi OFC davlatlari tomonidan juda kam pul aylanmasi buning asosiy sabablardan biri. OFC keng futbol olamiga xalqaro raqobat nuqtai nazaridan ham, nufuzli klub musobaqalari uchun oʻyinchilar manbai sifatida ham unchalik taʼsir qilmaydi. OFC bir marta ham xalqaro unvonga ega boʻlmagan yagona konfederatsiya boʻlib, eng yaxshi natija Avstraliyaning 1997-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi finaliga chiqishi edi.

2006-yilda OFCning eng yirik va eng muvaffaqiyatli davlati Avstraliya Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga qoʻshildi va ushbu voqeadan keyin Yangi Zelandiya OFC tarkibidagi eng yirik federatsiyaga aylandi.

2018-yilning aprelidan OFC prezidenti Lambert Maltock hisoblanadi. Vitse-prezidentlar Thierry Ariiotima, Kapi Natto John va Lord Veʼehala, Franck Castillo esa Bosh kotibdir[1]. Konfederatsiya shtab-kvartirasi Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida joylashgan.

Konfederatsiya 1966-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyaning Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (OFK) qoʻshilishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishlari natijasida tashkil topgan. Taʼsischilar OFC aʼzolari quyidagilar edi:[2]

  • Avstraliya Futbol Federatsiyasi
  • Yangi Zelandiya futbol assotsiatsiyasi
  • Fidji futbol assotsiatsiyasi
  • Papua-Yangi Gvineya futbol assotsiatsiyasi

Avstraliya yana OFKga aʼzo boʻlish uchun 1972-yilda OFC aʼzoligidan chiqdi, lekin 1978-yilda yana OFCga qoʻshildi[3][4]. Ularning erkaklar terma jamoasi 1974-yilda FIFA Jahon chempionatida Chili, Sharqiy Germaniya va G'arbiy Germaniya bilan bir guruhdan joy oldi. Avstraliya FIFA jahon chempionatida ishtirok etgan birinchi Okeaniya davlati boʻldi. Ular gol ura olmadilar, ammo uchta oʻyinda ham raqobatbardosh boʻlishdi[5]. Yangi Zelandiya milliy jamoasi „Oqlar“ sakkiz yildan soʻng birinchi jahon chempionatida ishtirok etishdi. 1982-yilgi turnirda ular Avstraliyadan koʻra muvaffaqiyatsiz natija qayd etdi[6].

Xitoy Taypeyi 1975-yildan 1989-yilgacha OFC aʼzosi boʻlgan. 1996-yilda FIFA OFCni toʻliq konfederatsiya sifatida tasdiqladi va FIFA uning tarkibiga ijrochi direktori lavozimini berdi[7]. 1998-yilda OFC yangi logotip va The Wave nomli rasmiy jurnalni taqdim etdi. Bu davrda Avstraliya esa konfederatsiyalararo jahon chempionatining bir necha pley-off oʻyinlarida magʻlub boʻldi. Dastlab 1985-yilda Shotlandiyaga, keyin 1993-yilda Argentinaga va 1997-yilda Eronga[8].

2008-yilda Shimoliy Mariana orollari futbol assotsiatsiyasining assosiativ aʼzosi ham OFCni tark etdi va 2009-yilda OFKga assotsiatsiyalangan aʼzo sifatida qoʻshildi. 2009-yil oxirida, geografik jihatdan Okeaniyaning bir qismi boʻlgan, lekin OFC bilan rasmiy aloqasi boʻlmagan Palau futbol assotsiatsiyasi ham Shimoliy Mariana orollari assotsiatsiyasi bilan bir xil maqomga ega boʻlish uchun OFKga murojaat qildi, ammo rad javobini oldi[9]. Yangi Zelandiya 2009-yilda Bahraynni mag‘lub etib, 2010-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqada OFK vakili boʻlgan Avstraliya ham ishtirok etdi[10]. Yangi Zelandiya guruh bosqichidan oʻta olmaganiga qaramay, turnirda magʻlub boʻlmagan yagona jamoa boʻldi. Avstraliya yoʻqligi sababli, Yangi Zelandiya Jahon chempionatining konfederatsiyalararo pley-off bosqichida muntazam ishtirok eta boshladi. Ular 2013-yilda Meksikaga, 2017-yilda esa Peruga imkoniyatni boy bergandi[11].

Tanqid

tahrir

OFCning butun tarixi davomida OFCni tarqatib yuborish yoki Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan birlashtirishga chaqiriqlari boʻlgan. 2003-yilda FIFA Okeaniyaga Jahon chempionatida avtomatik ravishda qatnashish huquqini berish qarorini bekor qilgandan soʻng, tanqidlar yanada kuchaydi[12].

Prezidentlar

tahrir

Hozirgi rahbarlar

tahrir
Ism-sharif Lavozim

  Lambert Maltock

Prezident
  Thierry Ariiotima Vitse prezident
  Kapi Natto John Vitse prezident
  Lord Ve'ehala Vitse prezident
  Franck Castillo Bosh kotib

Manba:[13][14]

Aʼzo davlatlar

tahrir

Hozirgi aʼzolar

tahrir

OFC 11 ta toʻliq aʼzo assotsiatsiyalar va 2 ta notoʻliq assotsiatsiya aʼzolaridan iborat. Ikkita aʼzo OFCning assotsiatsiyalangan aʼzolari hisoblanadi, ammo FIFA aʼzolari emas[15].

FIFA kodi Assotsiatsiya Milliy jamoalar Tashkil etilgan Aʼzolik FIFAga
aʼzoligi
OFCga
aʼzoligi
Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga aʼzoligi
ASA   Amerika Samoasi (M, W) 1984 Toʻliq aʼzo 1998 1998 Ha
COK   Kuk orollari (M, W) 1971 Toʻliq aʼzo 1994 1994 Ha
FIJ   Fiji (M, W) 1938 Toʻliq aʼzo 1964 1966 Ha
KIR   Kiribati (M, W) 1980 Toʻliq aʼzo emas N/A 2007 Ha
NCL Yangi Kaledoniya (M, W) 1928 Toʻliq aʼzo 2004 1999 Yoʻq
NZL   Yangi Zelandiya (M, W) 1891 Toʻliq aʼzo 1948 1966 Ha
PNG   Papua Yangi Gvineya (M, W) 1962 Toʻliq aʼzo 1966 1966 Ha
SAM   Samoa (M, W) 1968 Toʻliq aʼzo 1986 1986 Ha
SOL   Solomon orollari (M, W) 1979 Toʻliq aʼzo 1988 1988 Ha
TAH   Taiti (M, W) 1989 Toʻliq aʼzo 1990 1990 Yoʻq
TGA   Tonga (M, W) 1965 Toʻliq aʼzo 1994 1994 Ha
TUV   Tuvalu (M, W) 1979 Toʻliq aʼzo emas N/A 2006 Ha
VAN

  Vanuatu

(M, W) 1934 Toʻliq aʼzo 1988 1988 Ha

Sobiq aʼzolar

tahrir
Assotsiatsiya Aʼzolik Yil
  Avstraliya Toʻiq aʼzo 1966-1972, 1978-2006[16]
  Xitoy Taypeyi Toʻiq aʼzo 1976-1978, 1982-1989
  Niue Toʻliq aʼzo emas 2006-2021[17]
  Shimoliy Mariana Orollari Toʻliq aʼzo emas 1998-2009

Tarixiy liderlar

tahrir
Erkaklar
Yangi Zelandiya milliy futbol terma jamoasiYangi Kaledoniya milliy futbol terma jamoasiFiji milliy futbol terma jamoasiYangi Zelandiya milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

tahrir
  1. „Oceania Football Confederation – OFC Home“. Oceania Football Confederation. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  2. A Dictionary of Sports Studies (en). ISBN 019921381X. 
  3. OFC History oceaniafootball.com
  4. „Oceania admit Taiwan and Aussies quit“. The Straits Times (1976-yil 1-mart).
  5. „Soccer: Australia upbeat despite loss to Brazil“. New Zealand Herald.
  6. „All Whites' results“. nzhistory.govt.nz.
  7. „FIFA Congress“. FIFA. 2013-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-mart.
  8. „World Cup play-offs to be one-off ties“ (2021-yil 19-noyabr).
  9. „Regarding the agenda/ decisions of the 29th EAFF Executive Committee Meeting“. 2012-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-mart.
  10. „Beautiful outcomes at ugly Cup“. Stuff (2010-yil 30-dekabr).
  11. Lutz, Tom „World Cup play-off: New Zealand v Mexico – as it happened“ (2013-yil 20-noyabr).
  12. Hall, Matthew „Australia – World Cup is a long way away“. When Saturday Comes.
  13. „Football Confederations - OFC“ (en-GB). FIFA. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  14. „Executive Committee“ (en-US). Oceania Football Confederation. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  15. „Member Associations“. Oceania Football Confederation. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Oceania Football Confederation – Content“. Oceania Football Confederation (2009-yil 6-oktyabr). 2009-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-mart.
  17. „Niue removed as associate member of Oceania Football“. Radio NZ International (2021-yil 6-mart).

Havolalar

tahrir