[go: up one dir, main page]

Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari

Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari — Oʻzbekiston hududi Buyuk ipak yoʻlining chorrahasi boʻlganligi tufayli ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. Ammo birinchi Xitoy elchisi Chjan Syanning qad. Fargʻona (Davan, Dayyuan) davlatiga kelishi mil. av. 128-yilda yuz bergan. Ushbu voqeani ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik aloqaning boshlanishi deb hisoblash mumkin. Elchi vataniga qaytib borgandan soʻng, xitoyliklar nafaqat Fargʻona, balki butun Oʻrta Osiyo haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan. Shuning uchun ular elchini gʻarbga boradigan Buyuk ipak yoʻlini ochgan shaxs deb bilishadi. Chjan Syandan keyin hoz. Oʻzbekiston hududiga kelib ketgan elchilar va budda rohiblarining soni koʻpaygan. Qadim zamondan beri Oʻzbekiston va X. oʻrtasida ijobiy ahamiyatga ega boʻlgan savdo va b. munosabatlar rivojlangan. Shu bilan birga ikki mamlakat oʻrtasida noxush damlar ham boʻlib oʻtgan. Masalan, X.da tezlik vositasi va boylik mezoni hisoblangan Fargʻona tulporlarini qoʻlga kiritish maqsadida Xan imperiyasi qoʻshinlarining Fargʻonaga qilgan urushi (mil. av. 104—100) va Tan imperiyasi armiyasining Toshkentga qilgan harbiy yurishi (658) bunga misoldir. Aloqalarning rivojlanishi bilan birga uzum, shaftoli, mosh, piyoz, oshqovoq kabi mevasabzavotlar va tandir noni, somsa kabi oziq-ovqatlarning yurtimiz va qoʻshni davlatlardan X.ga tarqalishi kuzatilgan. Oʻtgan oʻrta va qad. asrlarda hoz. Oʻzbekiston hududida yashagan koʻp kishilar X.ga borib faoliyat koʻrsatganlar. Ular nafaqat savdo ishlarida, balki qurilish, fan va texnika sohasida ham nom chiqarishgan. Ayniqsa, X.da tashkil topgan va Yuan deb nomlangan moʻgullar sulolasi davri (1279—1368)da Mahmud Yalavoch, Umar Shamsiddin va b. davlat ishlarida, Jamoliddin Buxoriy, Kamoliddin, Muhammad Buxoriy, xorazmlik Ahmad Fanakatiy va b. matematika va astronomiya sohasida ulkan ishlar qilib, X.da mashhur boʻlganlar. 13—14-asrlarda bir qator tabiblar X.da faoliyat koʻrsatgan, ular yordamida Ibn Smnoning "Tib qonunlari" xitoy tiliga tarjima qilingan va u xitoy tabobati durdonasi hisoblangan "Xueyxuey yaofan" ("Musulmon dorivorlari") hamda "Bentsao ganmu" ("Giyoh dorivorlar qonuni") asarlarining yaratilishida asos boʻlgan. Oʻzbekistonliklar X.da islomning tarqalishiga ham katta hissa qoʻshishgan. Shu zamonlarda Samarqanddan borgan va oʻgʻuz qabilasining solor urugʻi avlodidan boʻlgan 40 dan ortiq oila Sinxay viloyatiga borib joylashgan. Ularning avlodi koʻpayib hozir XXRda mavjud boʻlgan 56 xalq (millat) ning birini tashkil qiladi.

Xitoy Xalq Respublikasi–Oʻzbekiston munosabatlari

XXR

Oʻzbekiston

1368-yil hokimiyat tepasiga kelgan Min sulolasi davrida Buyuk ipak yoʻli orqali amalga oshiriladigan X. va Turkiston oʻrtasidagi aloqalar biroz susaydi. Ammo Temuriylar davrida bu aloqalar yana jonlandi.

1950-yildan Oʻzbekiston X.ning SintszyanUygʻur muxtor rniga kadrlar tayyorlash, mahalliy aholini uygʻur, qozoq tillaridagi adabiyot va oʻquv kitoblari bilan taʼminlash, tibbiy yordam koʻrsatish, yer osti boyliklarni aniqlash, irrigatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha katta yordam koʻrsatdi. Adabiyotlarni nashr qilish uchun Toshkentda maxsus tahririyat, kadrlar tayyorlash uchun Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hoz. Oʻzbekiston milliy universiteti)da maxsus kafedra tashkil etildi. 1978-yildan Oʻzbekiston talabalari X.ga til oʻrganish uchun yuborildi. Toshkentda termos ishlab chiqaruvchi X.Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1987). Shu yili Uzbekistanga XXRning birinchi rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. 1990-yil noyabr da SintszyanUygʻur muxtor rni raisi Temur Davomat Toshkentga keldi. 1991-yil iyunda ilk bor Oʻzbekistonning rasmiy delegatsiyasi Urumchiga bordi. Ikki davlat oʻrtasida savdo va turistik aloqalar jonlandi.

1991-yil XXR Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib 1992-yil Diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, ikki mamlakat oʻrtasida teng huqukli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻtgan 13-yil davomida ikki davlat oʻrtasida 100 dan ortiq rasmiy hujjatlar imzolandi. 1992-yil 15 oktabrda Toshkentda XXR elchixonasi, 1995-yil 6 mayda Pekinda Oʻzbekiston elchixonasi ochildi. Shu davr davomida OʻzR Prezidenti I. Karimov 4 marta (1992, 1994, 1999, 2001-yil) rasmiy tashrif bilan X.da boʻldi. Ilk bor rasmiy tashrif bilan 1995-yil Oʻzbekistonga XXR Davlat kengashi boshligʻi Li Pen kelgan. XXR raisi Szyan Szemin (1996) va uning oʻrnini egallagan Xu Szintao (2004)lar ham rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldilar. Xu Szintao XXR raisining oʻrinbosari sifatida 1995-yilda ham Oʻzbekistonda boʻlgan. Bundan tashqari, oʻtgan davr davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari, Vazirlar Mahkamasi rahbar xodimlari, Parlament delegatsiyalari va b.ning oʻzaro tashriflari amalga oshirildi. 1994-yilda ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdoiktisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xu Szintaoning 2004-yil iyundagi OʻzRga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida sheriklik munosabatlari, doʻstlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash toʻgʻrisida koʻshma deklaratsiya, shuningdek, narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqununiy aylanishi va suiisteʼmol etilishiga qarshi kurashda xamkorlik qilishga, texnikaviyiktisodiy hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. 2003-yil ikki tomon tovar ayirboshlash hajmi 216 mln. AQSH dollariga teng boʻldi. Shundan Oʻzbekistonning XXRga qilgan eksporta 53 mln., importi 163 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bozorlarida X. mollarining koʻpayganligini kuzatish mumkin. X.dan Oʻzbekistonga texnika, elektronika, elektr jihozlari, kofe, xalq isteʼmol mollari, choy va ziravor, optika priborlari va apparatlari, transport vositalari, toʻqimachilik mahsulotlari, kiyimkechak, poyabzal va b. keltiriladi. Oʻzbekiston X.ga ranpgi metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mineral yonilgʻi, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak tolasi, plastmassa va b. yuboradi. Ayni vaktda Oʻzbekistonda X. investorlari ishtirokida tuzilgan 122 korxana roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 102 tasi qoʻshma korxona, 20 tasi 100% X. sarmoyasi hisobidagi korxonadir. Respublikada X. ning savdo hamda X. kompaniyalarining 23 vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. X.ning Oʻzbekistonga kiritilgan sarmoyasi hajmi 435 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

Ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. X. vakillari Samarqandda oʻtkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida, Oʻzbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili oʻtadigan xalqaro madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadilar.

1996-yil Pekinda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan XXR Fanlar akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida, 2000-yil Toshkentda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan XXR Ijtimoiy FA oʻrtasida bitam imzolandi. 1997-yil OʻzR Prezidenti I. Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asari X.da xitoy tiliga tarjima kilinib chop etildi. Shu yil Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus jurnal va 2004-yil kitob nashrdan chikdi. Toshkent bilan Shanxay sh.lari, Buxoro viloyati bilan Xubey provinsiyasi, Toshkent viloyati bilan Shansi provinsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgan. 2000-yilda ilmiytexnika hamkorligi boʻyicha maxsus qoʻmita tashkil etilgan. 2001-yil Toshkentda X. madaniy markazi tashkil topdi. 2002-yilda Toshkentda "XXR fani va texnikasi kunlari" deb nomlangan koʻrgazma boʻlib oʻtdi. 2003-yil Chanchun (Szilin oʻlkasi) sh.da Kamoliddin Behzodning haykali oʻrnatildi. 2004-yilda Pekinda Oʻzbekiston — XXR munosabatlariga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Toshkentda xitoy madaniyati kunlari oʻtkazildi. Ikki davlat oʻrtasida talabalar almashuvi ham amalga oshirilmoqda. 2004-yil iyunda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Xitoy taʼlim vazirligi oʻrtasida Toshkentda xitoy tilini oʻrganish boʻyicha Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

2001-yilda Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgandan beri ushbu tashkilot doirasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash va Urta Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik kengaymoqda. Mazkur tashkilotning yuridik asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy vazifalarini belgilashda Oʻzbekiston faol ishtirok etdi. 2004. iyunda Toshkentda ushbu tashkilotning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi va unda mintaqaviy aksilterroristik markazning ijroiy qoʻmitasi rasman ochildi.

2004-yildan Oʻzbekiston va XXRning SintszyanUygʻur muxtor rni televideniye kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Toshkent telestudiyasi XXR haqida, Urumchi telestudiyasi Oʻzbekiston haqida koʻrsatuvlar olib bormoqda. Sport sohasida ham ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar mavjud. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga 1998-yil 1 dekabrda tuzilgan "Oʻzbekiston — Xitoy" doʻstlik jamiyati munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Manbalar

tahrir