[go: up one dir, main page]

Nemislar yoki Olmonlar (oʻzlarini doyche deb ataydilar) — xalq, Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 843 ming kishi, Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (asosan, lyuteranlar) va katoliklar.

Nemis xalqining etnik asosini milodiy 1-ming yillik oʻrtalarida Reyn va Oder daryolari oraligʻida yashagan qad. german qabilalari: franklar, sakslar, bavarlar, alemannlar, tyuringlar, tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari 10-asr ga kelib oʻzlarini — "tevtonlar" deb atay boshlaganlar. Nemislar 9-asrda elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (12—13-asrlar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871-yilda Prussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va iktisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. Nemislarning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil