Nebraska
Nebraska — AQShning markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Maydoni 200,3 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Linkoln shahri; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, gʻarbiy chekkasida Qoyali togʻlarning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 500–700 mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlar bor. N. — agrar-industrial shtat. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Chorvachilik, aso-san, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. N.ning sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Shtatning gʻarbiy qismidagi dare vodiysida sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. N.da ozrok, neft qazib olinadi.[1]
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Lincoln | ||||
Eng yirik shaharlar | Omaha Lincoln Bellevue | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 16-oʻrinda 200,345 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 38-oʻrinda 1,758,787 | ||||
YIM |
AQSh: 36-oʻrinda $68,183 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
37-boʻlib 1-mart 1867 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) / -7 (MST) | ||||
Qisqartma | NC [37] | ||||
Shtat guli | Goldenrod | ||||
Shtat daraxti | Cottonwood |
Nebraska - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Lincoln shahri. AQSh ittifog`iga 1-mart 1867-yilda kirgan, undan oldin - Nebraska Territory.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |