[go: up one dir, main page]

Manaus — Braziliyaning shimolidagi shahar, Riu-Negru daryosining Amazonka daryosiga quyilish joyida. Shahar tropik oʻrmonlar orasida joylashgan. Amazonas shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (2000). Braziliya Amazoniyasining muhim iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Amazonka daryosi boʻyida dengiz kemalari kira oladigan port mavjud, chetga kauchuk, braziliya yongʻogʻi, kakao, qimmatbaho yogʻoch va boshqa chiqariladi. Yogochsozlik, toʻqimachilik (jut), oziqovqat, tamaki sanoati korxonalari bor. Kauchuk qayta ishlanadi, qurilish materiallari tayyoralanadi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanmoqda. Geografiya va Amazoniya tarixini oʻrganish instituti, Filologiya akademiyasi, universitet, botanika bosh, muzey bor. Shaharga 1669-yilda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil