Lion
Lion — Fransiyadagi shahar. Rona departamentining maʼmuriy markazi va Lionne tarixiy viloyatining bosh shahri. Rona va Sena daryolarining quyilish joyidagi port. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Axolisi 453,1 ming kishi (1999).
Lion qadimda gallar manzilgohi sifatida yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 43 yildan rimliklar koloniyasi, V—VI asrlarda Burgundiya qirolligi poytaxti. 6-asrda franklar tomonidan ishgʻol qilingan, XI —XII asrlarda "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibida boʻlgan. 14-asrda Lion Fransiya qiroli mulkiga oʻtgan va Kommuna maqomini olgan. 1942-yilda nemis fashistlari bosib olgan. 1944-yilda ulardan ozod qilingan.
Lion — mamlakatning muxim sanoat, savdo, moliya va madaniy markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va stanoksozlik; elektrotexnika, toʻqimachilik, kimyo (mineral oʻgʻitlar, boʻyoq, sintetik kauchuk, plastmassa ishlab chiqarish, farmatsevtika) sanoati korxonalari mavjud. Shahar chetida neftni qayta ishlash zavodi qurilgan. Ipakchilik va ipak matolar, trikotaj va boʻyoqlar ishlab chiqarishning Yevropadagi qadimgi markazlaridan (15-asrdan). Universitetlar, muzeylar, jumladan, tarix, arxeologiya, matolar muzeylari, qadimgi Rim davri teatri bor.
Metropoliten qurilgan. 15—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Har yili Yevropa savdo-moliya yarmarkalari oʻtkaziladi (15-asrdan)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |