[go: up one dir, main page]

Kraton (yun. kratos — kuch, mustahkamlik) — Yer poʻstining alpinotip burmalanishi oʻzgarishlariga layoqatsiz konsolidatsiyalashgan qismlari. Nemis geologi X. Shtille K.ni koʻtarilgan K. — aksari sial (Si, AI) tarkibli (kad. tokembriy platformalari yoki poʻsti kontinental tuzilishga ega hozirgi geologik qalqonlar) massivlari va choʻkkan K. — simatik (Si, Fe, Mg) zaminli (koʻpincha Yer poʻstining "granitmetamorfik" qatlamiga ega boʻlmagan okean tubi maydonlari) massivlariga ajratgan. "K" terminini fanga Shtille kiritgan (1940) va xorij adabiyotlarida ruscha "platforma" terminining sinonimi sifatida keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil