[go: up one dir, main page]

Iqtisodiy model – iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi nazariy konstruksiya, iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi[1]. Iqtisodiy modellar tizimdagi asosiy omillar bilan ishlash imkonini yaratadi[2]. Iqtisodiy modellar reallikning abstrakt tasviri hisoblanadi va shu sababli, amaliyotda qoʻllash vaqti maʼlum toʻsiqlarga duch keladi. Lekin, iqtisodiy modellar real empirik maʼlumotlar asosida ham yaratilishi mumkin: Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, Fillips egri chizig'i[3].

IS-LM modeli

Firma yoki davlat iqtisodiy faoliyatini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy jihatlarini funksiya, tenglama yoki tengsizliklar orqali ifodalaydi.





Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Alimov, R.X; Almuradov, A.A; Xomidov, S.O. Ekonometrik modellashtirish. IQTISODIYOT, 2019 — 122-bet.