[go: up one dir, main page]

Hofiz (arab.: حافظ قرآن yoki حافظ, Hafiz, „vasiy“) – musulmonlar tarafidan Qurʼonni butunlay yodlab olgan insonlarga nisbatan qoʻllaniladigan atama.

Hofiz (arab. – yoddan biluvchi, saqlovchi) – 7-asrdan arablarda Qurʼon suralarini yoddan qiroat bilan oʻquvchi kishi, qori. 11-asrdan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo va Xuroson)da mumtoz gʻazal va dostonlarni yoddan aytgan kishilar, shuningdek, oʻzi ham ijodkorlik qobiliyatiga ega, kuyohanglarni esda saqlash quvva (hofiza)si oʻtkir boʻlgan, yuqori malakali ashulachi, xonanda (mas, Toʻychi hofiz, Levicha hofiz, Madumar hofiz va boshqalar). Ayni paytda, oʻz gʻazallarini ohangli oʻqigan hassos shoirlarga ham H. darajasi nisbat berilgan (Hofiz Sheroziy, Hofiz Xorazmiy va boshqalar). Xalq orasida „H.i namudor“ (nom qozongan H.), „H.i nusrat“ (gʻalaba qozongan, hofizlar bellashuvida gʻolib chiqqan H.), „H.i mehrobxon“ (Qurʼon suralarini, „Naʼt“ kabi diniy aytimlarini oʻta yoqimli ovoz bilan oʻqiydigan H.; mas, Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida tilga olingan Hofiz Jaloliddin Mahmud va boshqalar), „H.i Qurʼon“ (butun Qurʼonni yod bilgan qori) kabi atamalar ham qoʻllangan.

Oʻrta Osiyoda H. va hofizlik sanʼ-ati „jirchi“, „oqin“, „girchi“, „giranda“ deb atalgan oʻziga xos xonan-dalik anʼanalari negizida rivoj topgan (qarang Borbad, Jirov). Oʻzbekistonda 1920-yillarda „Turkiston Respublikasi xalq hofizi“ unvoni M.Qoriyoqubov, Toʻychi hofizlarga berilgan. 1940—60 yillarda va 1990-yildan „Oʻzbekiston xalq hofizi“ un-voni joriy etilgan.

Baxriddin Nasriddinov.

Havolalar

tahrir