[go: up one dir, main page]

Hadid surasi (arabcha: سورة الحديد, nomining maʼnosi — Temir[8][9]) — Qurʼonning 57-surasi. Madaniy suralardan biri, 29 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 537–541[10]-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 94-boʻlib nozil boʻlgan.

Mujodala    57–sura   Voqea
Hadid surasi — سورة الحديد
Qurʼon nusxalaridan biridagi Hadid surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 29, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 57, qora rangda - Hadid surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 94, 3. Rukuʼsi soni - 4; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:57, 3. Nozil boʻlish tartibi:94, 4. Rukuʼsi:4, 5. Oyati:29, 6. Porasi (Juzi):27 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Temir[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 537–541[4]
Juz 27
Sura raqami 57
Oyatlar soni 29
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 4[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 94[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Mujodala surasi  Keyingisi 57 Oldingisi  Voqea surasi
Nozil boʻlish tartibi
Muhammad surasi   Keyingisi 94 Oldingisi  Zalzala surasi
                                   

Madinada Zalzala surasidan keyin nozil boʻlgan. U 29 oyat, 544 kalima va 2476 harfdan iborat. Mufassal suralardan. Tartib raqami boʻyicha Qurʼonda 57-­sura. Surada ilohiy koʻrsatmalar, yaʼni shariat hukmlari bilan birga, moʻminlar jamiyatini tarbiyalashga, aqidaviy masalalarga doir oyatlar bayon etilgan. Sura uch asosiy mavzuni qamragan: 1. Borliqning barchasi Allohniki: uni Oʻzi yaratishi va xohlaganicha tasarruf qilishi; 2. Din yoʻlida mol va jonni fido qilish; moʻmin va munofiq orasidagi farq boʻlishi; 3. Bu dunyo havaslarining yolgʻonchi ekani, moʻmin kishi oxiratini obod qilishi yoʻlida Alloh roziligini topishga harakat qilishi.U borliqdagi barcha narsa — inson, hayvon, daraxt va boshqa narsalar doimo Allohga tasbeh aytib, ulugʻlab turishi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shundan keyin Alloh taoloning ilohiy sifatlari bayon qilinadi. Bu suradan moʻminlarni Alloh ularga ato etgan narsalardan saxovat qilishga chorlagan oyatlar ham oʻrin olgandir. Boylik Allohniki, u insonning qoʻliga omonat sifatida qoʻyilganligi zikr etilgan. Sura moʻminlar bilan munofiqlarning oxiratdagi ahvoli toʻgʻrisida xabar berib, u joyda munofiqlar dunyodagi kabi moʻminlar orasiga qoʻshilib keta olmasdan, ajralib qolishlarini uqtiradi va bu hayoti dunyoning oʻtkinchi ekanligini bahor yomgʻiri ostida toʻrt kun barq urib ochilib, soʻng yoz issigʻiga bardosh bera olmay qurib, qovjirab qoladigan chechaklarga tashbeh qilinadi. Sura Iso paygʻambar yoʻllariga ergashgan ahli kitoblarni Allohdan qoʻrqishga va U zotning soʻnggi paygʻambari Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ga imon keltirishga daʼvat qilish bilan xotima topadi. Bu surada kishilarning tinchlik kunlarida ham, urushlarida ham birdek zarur va foydali boʻlgan temir moddasi haqida 25­oyatda metall turlari va ularning xislatlari haqida zikr qilingani uchun u „Hadid — Temir“ surasi deb nomlangandir.

Asosiy mavzusi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Mujodala surasi   57-sura — arabcha matni Oldingisi: Voqea surasi