Ernest Rutherford
Ernest Rutherford (talaffuzi: Ernest Rezerford; 1871-yil 30-avgust Spring Gruv, 1937-yil 19-oktabr Kembrij) — ingliz fizigi, kelib chiqishi Yangi Zelandiyalik.
Ernest Rutherford | |
---|---|
Rutherford taxminan 1920-yillar | |
Tavalludi |
30-avgust 1871[1][2] Brightwater, Yangi Zelandiya koloniyasi |
Vafoti |
19-oktyabr 1937[3][1][2] Kembrij, Angliya |
Fuqaroligi | Yangi Zelandiya |
Turmush oʻrtogʻi | Meri Jorjina Nyuton (1900–1937) |
Bolalari | 1 qiz (Eileen Mary Rutherford) |
Otasi | James Rutherford |
Onasi | Martha Thompson |
Mukofotlari |
|
Imzosi | |
Yadroviy fizikaning „otasi“ sifatida tanilgan, atomning planetar modelini yaratgan. 1908-yilda Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan.
Rezerford (Rutherford) Ernest (1871.30.8, Braytuoter, Yangi Zelandiya — 1937.19.10, Kembrij) — ingliz fizigi; radioaktivlik va atomning tuzilishi toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1903-yildan). R. 1907— 19 yillar Manchester, 1919-yildan Kembrij universiteti professor va bir vaqtning oʻzida Kavendish laboratoriya direktori. R. 1903-yilda F. Soddi bilan birgalikda radioaktiv yemirilish nazariyasini yaratdi va bir element atomining boshqa element atomiga aylanishini isbotlab berdi. 1911-yilda atomning Quyosh sistemasiga oʻxshash planetar modelini yaratdi. Shu modelga asoslanib 1913-yilda N Bor atom tuzilishining kvant nazariyasini va spektrlar nazariyasini yaratdi. 1919-yilda azotni kislorodga aylantirgan birinchi sunʼiy yadro reaksiyasini amalga oshirdi; bu bilan hozirgi zamon yadro fizikasiga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab Rutherford atom yadrolarini tezkor zarralar taʼsirida sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirish masalalari bilan shugʻullana boshladi. 1921-yilda u neytral zarralar — neytronlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi fikrni oʻrtaga tashladi. 1932-yilda Rutherfordning shogirdi J. Chedvik neytroni kashf qildi.
Rutherford koʻpgina fiziklar (G. Mozli, J. Chedvik, J. D. Kokroft, M. L. E. Olifant, N. Bor, X. Geyger, O. Gan, P. L.AGyapitsa va boshqalar)ni tarbiyalab yetishtirdi. Nobel mukofoti laureati (1908).
Bolalik yillari
tahrirRutherford Yangi Zelandiyaning Nelson shahri yaqinidagi kichik Srping Gruv (ing. Spring Groove; hozirgi Brightwater) qishlogʻida tugʻilgan. Otasi — James Rutherford, Onasi — Martha Thompson. Ernest 12 farzandning 4-si boʻlgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirAtom tuzilishi va radioktivlikni tadqiq qilish boʻyicha mashhur ingliz olimi, yadro fizikasining yaratuvchilaridan biri. E. Rutherford London qirollik jamiyati — Angliya fanlar akademiyasining aʼzosi edi, jahondagi turli mamlakatlarning 30 dan ortiq akademiyalari va ilmiy jamiyatlarining faxriy aʼzosi edi. 1908-yilda u radioaktivlikni tadqiq qilishga doir ishlari uchun Nobel mukofoti sovrindori boʻldi. 1898-yilda Rutherford radioaktivlik hodisasini oʻrganishga kirishdi. Uning bu sohadagi birinchi ulkan kashfiyoti uran chiqarayotgan nurlanishning bir jinsli emasligini aniqlash edi. Shunday qilib, fanga radioaktivlik haqida birinchi marta α- va β- nurlar haqidagi tushuncha kirdi. (Alfa yemirilish va Beta yemirilish). Shu yilning oʻzida Rutherford oʻz ilmiy faoliyatini boshlagan Kembrij (Cambridge)dagi Cavendish laboratoriyasini tashlab, Kanadaga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u Monreal universitetining professori qilib tayinlanadi. Olimning koʻpgina muhim kashfiyotlari ana shu ilmiy markaz bilan bogʻliq. 1900-yilda u yangi radioaktiv element — Toriy emanatsiyasini kashf etdi. 1901—1903-yillarda ingliz olimi Frederick Soddy bilan hamkorlikda tekshirishlar olib bordi, natijada bir elementning boshqa elementga tabiiy aylanishi kashf etildi va atomlarning radiokativ yemirilish nazariyasi ishlab chiqildi. 1907-yilda Rutherford Angliyaga qaytadi va Manchester universitetida ishlaydi. Bu yerda 1908-yilda u alfa zarraning geliyning ikki marta ionlashgan atomi ekanligini uzil-kesil isbotladi. 1911-yilda Rutherford maqola nashr qilib, unda atomning yadro (planetar) modelini kashf etdi. 1913-yilda Niels Bohr va Henry Moseley ishlari paydo boʻldi, ularning amalga oshishida E. Rutherfordning tadqiqotlari koʻp darajada taʼsir etdi. Nihoyat, 1919-yilda olim elementlarning sunʼiy oʻzgartirish mumkinligi haqidagi xulosaga keladi. E. Rutherford yangi atomistikaning asoschisi boʻldi.
Shogirdlari
tahrirOʻz hayotining ohirgi davrida (1919-yildan boshlab) u Cavendish laboratoriyasining direktori edi. Bu yerda u α-zarralar taʼsirida yadro reaksiyalarining ketishini sinchklab oʻrgandi va atom yadrosi modeli haqidagi nazariy tasavvurlarni ishlab chiqdi. Rutherford 1921-yilda neytronning mavjudligini bashorat qildi, uni 1932-yilda Rutherfordning shogirdi James Chadwick kashf qildi. Rutherfordning ilmiy maktabi butun fizika tarixida eng yirik maktablardan biri, yadro fizikasi tarixida esa eng katta maktab boʻldi. E. Rutherford shogirdlari Henry Moseley, James Chadwick va boshqa yirik ingliz olimlarini, shuningdek, Niels Bohr, Otto Hahn va boshqa chet el olimlarini tarbiyalab yetishtirdi.
Adabiyotlar
tahrir- Rezerford — uchyoniy i uchitel, M., 1973; Bekjonov R., Xoliqov A., Atom dunyosiga „darcha“ ochgan olim [Ernest Rezerford], T., 1972[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |