[go: up one dir, main page]

Bugʻu — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular XIX-asr oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913-yilda 11 mingdan oshiq Bugʻu xoʻjaligi roʻyxatga olingan. XX-asr birinchi choragida qirgʻiz xalqi tarkibiga singib ketgan.

Bugʻu quyidagi urugʻlarga boʻlingan: chelek (manaplar urugʻi), torgo, bapa, yelden, takaboy, bogʻir (jigar), dyolyos, qidiq, qoʻngʻirot, moʻngʻuldur, sayoq, shiqmayot, qaba, asan tukum, ariq tukum, kuchuk, serikey, ondon[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Bugʻu" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil