[go: up one dir, main page]

Ayron – 1) qatiqning kuv (guppi)da moyi ajratib olingandan soʻng qolgan suyuq qismi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida chalob ham deb ataladi. Ichimlik sifatida ishlatiladi. Ayronning suvi maxsus tayyorlangan xaltadan oʻtkazilib, suzma (chakki) tayyorlanadi, suzmadan qurt qilinadi. Odam uchun foydali moddalarga boy; 2) qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshkoʻklar, muz qoʻshib tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik.

Ayron

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil