[go: up one dir, main page]

Ar-Riyod (arabcha: الرياض‎ Ar-Riyoz – bogʻ, xiyobon) – Saudiya Arabistonining poytaxti, eng yirik shahri va Najd viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi taxminan 2,2 mln. kishi (1992, shahar atrofi bilan). Shaharning qachon barpo etilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. 1821 – 19 asr 2-yarmidan (vaqti-vaqti bilan) Saudiylar davlatining poytaxti, 1902 yildan Najd amirligi, 1927—32 yillarda Hijoz, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlar, 1932 yildan Saudiya Arabistoni poytaxti. Hozirgi Ar-Riyod—Saudiya Arabistonining yirik sanoat, savdo va madaniy markazi. Ar-Riyodda issiqlik elektr stansiyalari, binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlovchi zavodlar, koʻplab hunarmandchilik korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Ar-Riyod Dammam porti bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Havo yoʻllari orqali Ar-Riyod mamlakatning yirik shaharlari va bir qancha chet mamlakatlar bilan bogʻlangan. Shaharda harbiy akademiya, universitetlar, oliy texnika instituti bor[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir