[go: up one dir, main page]

Istaravshan (tojikcha: Истаравшан; forscha: استروشن) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati Oʻratepa tumanidagi shahar (2002-yilgacha Oʻratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogʻin 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi Xoʻjand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Anzob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013).

Istaravshan
tojikcha: Истаравшан
shahar
39°54′39″N 69°0′23″E / 39.91083°N 69.00639°E / 39.91083; 69.00639
Mamlakat Tojikiston
viloyat Sugʻd viloyati
Hukumat
Abdulloyev Ibragim Gʻoibnazarovich
Asos solingan miloddan avvalgi VI
Avvalgi nomlari Ustrushan, Kurushkada, Kiropol, Oʻratepa
Maydon 18,309 km2 (7,069 kv mi)
Markazi balandligi 1000 m
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
57 400[1].
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3454
Pochta indeks(lar)i 735610
Avtomobil kodi 02РТ
Istaravshan tojikcha: Истаравшан xaritada
Istaravshan tojikcha: Истаравшан
Istaravshan
tojikcha: Истаравшан

Tarixi

tahrir

Istaravshan Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga toʻgʻri keladi. Istaravshanilk oʻrta asrlarda (5—9 asrlar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gʻarbiy qismi va Oʻzbekistonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Istaravshanning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Istaravshan hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Milodiy 5-asr oxiri — 7-asrda Istaravshan hududi eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Istaravshanni mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Istaravshan mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-yilgacha Istaravshanni xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boʻlgan. Istaravshan Oʻratepa nomi bilan dastlab Boburning "Boburnoma" asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan[2].

Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Istaravshanda jahon bozori tashkil etilgan.

Sanoati

tahrir

Istaravshanda sanoat korxonalari, meva va sabzavot konservalash, non, sut, gʻisht zavodlari, trikotaj fabrikasi mavjud. Shuningdek, shaharda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Istaravshan yogʻoch, metallga oʻyib gul solish, sopolga gul solish va kashtachilikning qadimdan markazi.

Ijtimoiy soha

tahrir

Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika va hunar-texnika bilim yurtlari, kutubxona, klub, xalq teatri, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Mehmonxonalar, kasalxona, tugʻruqxona va poliklinikalar aholiga xizmat koʻrsatadi[3].

Meʼmoriy yodgorliklari

tahrir

Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkgumbaz (Abdullatif Sulton) masjidi va madrasasi (16—17-asrlar), Bobotagʻo (15-asr oxiri), Abduqodir Jeloniy (Geloniy) (15-asr oxiri), Sari Mozor (16-asr) hamda Chorgumbaz (18-asr) maqbaralari va boshqalar; 19—20-asrlarda qurilgan sinchli naqshinkor binolar saqlangan.

Hamdoʻst shaharlar

tahrir

Pochta markalari

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Muxtorov A., Ocherk istorii UraTyubinskogo vladeniya v 19v., Dushanbe, 1964;

Manbalar

tahrir
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. «Элита Истаравшан» (Wayback Machine saytida 2009-12-13 sanasida arxivlangan) // Официальный сайт
  3. В Таджикистане в дупле чинары открылся этнографический музей[sayt ishlamaydi] // ИТАР-ТАСС, 13 марта 2011
  4. Контакты с иностранными городами Внешние связи — официальный сайт администрации города Красноярска (rus.)(ingl.)(olm.)

Havolalar

tahrir